Denov tumanida voyaga yetmagan ösmir sud ajrimiga asosan qamoqqa olindi. U tumandagi 75-umumta’lim maktabining 9-sinf öquvçisi bölgan.

Sud ajrimida keltirilişiça, 2008 yilda tuğilgan E.M. oldin ham bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. U takroran jinoiy şeriklari bilan bezorilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

Jumladan, 2024 yil 27 may kuni soat 22:50da E.M. hamda uning jinoiy şeriklari Denov şahri, “Nurli-manzil” MFYdagi savdo dökonlaridan birining oldida fuqaro M.D. va boşqalar bilan janjallaşgan. Janjal paytida E.M. va uning şeriklari qöllarida bölgan toş hamda tayoqlar bilan M.D.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan. Şuningdek, ular uşbu bezorilik holatining oldini olmoqçi bölgan fuqarolarga ham qarşilik körsatgan.

E.M. bu orqali Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a, g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni (bezorilik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan jamoat tartibini saqlaş vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatçilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini oliş çorasini körgan boşqa fuqarolarga qarşilik körsatib sodir etilişi) qasddan sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Prokuror öz iltimosnomasida E.M. dastlabki tergov va suddan yaşiriniş ehtimoli borligini, oçiqda qolgan taqdirda boşqa oğir yoki öta oğir turdagi jinoyatlarni sodir etişi mumkinligini bildirib, unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaşni söragan. Sud iltimosnomani qanoatlantirgan.

Ösmir Denov tuman IIB vaqtinçalik saqlaş hibsxonasi orqali etap qilinib, Termiz şahridagi 9-son tergov hibsxonasiga joylaştirilgan.