Surxondaryo viloyati Denov yaşovçi fuqaro tomarqasida köp miqdorda köknori va kannabis parvarişlab kelayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Buxoro va Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmalari va boşqa huquqni himoya qiluvçi organlar xodimlari bilan hamkorlikda Denov tumanida yaşovçi fuqarolardan birining xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Tadbir davomida fuqaro tomorqasida giyohvandlik ösimliklariga öxşaş ösimliklarni ekib, parvarişlab kelayotgani aniqlangan.
Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlari xulosasiga köra, ösimliklar 12 tup kannabis hamda 317 tup köknori ekani tasdiqlangan va aşyoviy dalil sifatida tegişli qonunçilik asosida saqlovga olingan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















