Jamiyat | 12:59 / 21.10.2015
46159
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda YuNeSKO madaniy merosi

O‘zbekiston BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotga (YuNeSKO) 1993 yili qo‘shildi. Ayni paytda YuNeSKO ro‘yxatiga O‘zbekistondan 4 me'moriy majmua va nomoddiy madaniy merosning 5 obekti kiritilgan. Me'moriy majmualar Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabzning tarixiy markazlaridan iborat. 5ta nomoddiy madaniyat obekti esa Navro‘z, katta ashula, askiya va hokazolardan iborat.

Shuningdek, yana 30 obekt ushbu ro‘yxatga kiritilish bosqichida turibdi.

Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga kirish uchun asosiy da'vogarlar dorbozlik va iqat tikish metodikasidir.

Xarita: O‘zbekistonning madaniy merosi; O‘zbekiston Respublikasi YuNeSKOga 1993 yilning 26 oktabrida qo‘shildi; BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot; chapdan o‘ngga: Shayx Muxtor Vali maqbarasi; Xiva (Ichanqal'a); Qadimgi Xorazmning cho‘l qasrlari; Hazorasp shahri; Vobkent minorasi; Chorbakr qabri; Varaxsha shahri; Bahovuddin majmuasi; Buxoro; Raboti Malik karvonsaroyi; Chashmai Ayub maqbarasi; Mirsaid Bahrom maqbarasi; Siypantosh petrogliflari; Xonbandi to‘g‘oni; Sarmishsoy darasi; Abdullaxon bandi; Samarqand; Shahrisabz; Zarautsoy petrogliflari; Hisor tog‘lari; Boysun shahri; Oq Ostona bobo maqbarasi; Termiz shahri; Zomin tog‘lari; Shohruhiya shahri; Qanqatepa; Poykent; Qadimgi Pop shahri; Axsikent shahri; Qo‘qon shahrining tarixiy markazi; Farg‘ona; Shohimardon; Andijon; YuNeSKO butunjahon merosi obektlari; YuNeSKO butunjahon merosining nomzod- obektlari; Ichanqal'a – ichki qal'a; Farg‘ona – Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shahar.

YuNeSKO butunjahon merosi obektlari ro‘yxati:

Ichanqal'a, Xiva, 1990 yil. 

Ichanqal'a Xivaning tarixiy ichki shahri bo‘lib, XIV-XIX asrlarda qurilgan. Qasr, saroylar, masjid va madrasalar, maqbara va minoralar, qarvonsaroylar va hammomlar Ichanqal'ani noyob yodgorlik shaharga aylantirdi. Eski Xiva rasman 1968 yili qo‘riqxona-shahar maqomini oldi.

Buxoroning tarixiy markazi, Buxoro, 1993 yil. 

Buxoro O‘rta Osiyodagi eng boy tarixga ega shaharlardan biridir. IX-XIX asrlarda qurilgan tarixiy markaz o‘z ichiga Poyikalon majmuasini, Arkni, Somoniylar maqbarasi va boshqa obektlarni oladi.

Shahrisabzning tarixiy markazi, Shahrisabz, 2000 yil. 

Shahrisabz Amir Temurning ona shahridir. Shahar markazida Oqsaroy xarobalari, Dorut-tilovat yodgorlik majmui, Ko‘kgumbaz masjidi va XIV-XVI asrlarga oid boshqa yodgorliklar joylashgan.

Samarqand, 1993 yil.

Samarqand hududida ilk yaholijoy m.av. VIII-VII asrlarda vujudga kelgan. Qadimda va ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d tarixiy viloyatining markazi bo‘lgan. M.av. 329 yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan zabt etilgan. XI asrda G‘arbiy Qoraxoniylar, XIV asrda Temuriylar, XVI asr birinchi yarmida Shayboniylar poytaxti bo‘lgan. Shuningdek, XX asr boshida qisqa muddat O‘zbekiston SSR poytaxti bo‘lgan. Samarqandning asosiy tarixiy yodgorliklarini Mirzo Ulug‘bek va Yalangto‘shbiy Bahodir qurdirgan masjidlardan iborat Registon maydoni, Shohi Zinda, Bibixonim majmualari, Go‘ri Amir maqbarasi tashkil qiladi.

 

Nomoddiy madaniy meros (kiritilgani):

Nomi – tavsifi – ro‘yxatga qo‘shilgan sanasi

Shashmaqom – vokal-cholg‘u musiqasining bir turi (Tojikiston bilan birga) – 2008;

Boysun tumani madaniy muhiti – Surxondaryo viloyatidagi Boysun noyob etnografik tumani – 2008;

Katta ashula – Farg‘ona viloyatidagi an'anaviy qo‘shiqchilik – 2009;

Navro‘z – sharqona taqvim bo‘yicha yangi yil (Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkiya bilan birga) – 2009;

Askiya – xalq qiziqchilik san'ati – 2014.

Nomoddiy madaniy meros (ko‘rib chiqilayotgani):

Dorbozlik – dorda yurish san'ati (30dan ortiq uslub va unsurlar, ular orasida langar yordamida balandlikda sakrash va arqon ustida yugurish bor) – 2014;

Iqat – qo‘lda bajariladigan murakkab tikish texnikasi – 2015.

Eldor Asanov tayyorladi