Jamiyat | 11:58 / 18.08.2020
2497
6 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘l tumanida elektr ta'minoti qish mavsumida uzluksiz bo‘ladimi?

Yangiyo‘l tumani hokimligi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta'minoti uzluksizligini ta'minlash borasida qilingan ishlar yuzasidan axborot berdi. Unda qayd etilishicha, tarmoqdagi kamchilik va nuqsonlarga barham berish, yangi transformator va ustunlarni o‘rnatish uchun jami – 4,033 mlrd so‘m sarflangan.

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, o‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hamda aholi murojaatlarini inobatga olib, «Toshkent Xududiy Elektr Tarmoqlari» AJ  Yangiyo‘l tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tumandagi 69ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi elektr ta'minoti holatlari to‘liq nazoratdan o‘tkazildi va aniq manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, hududlardagi eskirgan, yaroqlilik muddati o‘tgan simyog‘ochlar o‘rniga 272 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. 11,55 km masofada elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, 8 ta transformator punktlarini mukammal ta'mirlash, 25,2 km havo tarmoqlarini mukammal va 21,0 kilometrini joriy ta'mirlash ishlari bajarilib, 11ta transformator punktlari o‘rnatildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017 — 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2661-son qarori ijrosi bo‘yicha:

  • Said ota mahallasi hududidagi 261-raqamli transformatorga qo‘shimcha 1 dona 160kVA quvvatli transformator punkti o‘rnatildi (75 mln so‘m);
  • Do‘stlik mahallasi hududida 25ta tayanch, 1,0 km 6kV XT yangi qurildi (85 mln so‘m);
  • O‘zbekiston mahallasida 1,7 km uzunlikdagi havo tarmoqlari ochiq simlari o‘rniga SIP tarmoqlari tortildi (144,5 mln so‘m);
  • Niyozbosh mahallasida 130ta yog‘och tayanchlar o‘rniga temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 5,95 km uzunlikda SIP tarmoqlari montaj qilindi va 1 dona 160kVA quvvatli qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatildi (406,5 mln so‘m).
  • Qoratepa mahallasida 5 ta tayanch, 1,0km havo tarmoqlari rekonstruksiya qilindi (7,6 mln so‘m);
  • Gulbahor shaharchasi hududiga 2ta 400kVA, 1ta 160kVA va
  • 1ta 250kVA quvvatli qo‘shimcha transformator punktlari o‘rnatildi, 9 dona tayanch, 0,33 km havo tarmog‘i qurildi (268,05 mln so‘m);
  • Qo‘shyog‘och mahallasi hududidagi 40-raqamli transformator punktidan chiquvchi 0,4kVA havo tarmog‘idagi yog‘och tayanchlar o‘rniga 23ta temir-beton tayanch o‘rnatildi va 1ta 160kVA quvvatli qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatildi (98 mln so‘m);
  • Nurobod mahallasi hududiga 1 dona 250kVA quvvatli qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatildi (120 mln so‘m);
  • Keng-kichik mahallasi hududidagi 217-raqamli transformator punktidan chiquvchi 0,4kV havo tarmog‘i yog‘och tayanchlari o‘rniga 20 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi (30 mln so‘m);
  • Darxon mahallasi hududiga 224-raqamli transformator punktidan chiquvchi 0,4kV havo tarmog‘i yog‘och tayanchlari o‘rniga 36 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi (54 mln so‘m);
  • Chortoq mahallasi hududiga 1 dona 160kVA quvvatli qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatildi;
  • Islohot mahallasi hududiga 1 dona 100kVA quvvatli qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish ishlari olib borilmoqda (75 mln so‘m);
  • Gulbahor shaharchasi hududida 0,85 km havo tarmog‘i o‘rniga 10kV kabel tarmog‘i montaj qilindi (46,75 mln so‘m);
  • Tuyabo‘g‘iz, Chamanzor va Qoratepa mahallalari hududlaridan o‘tuvchi M-39 avtotransport yo‘li atrofidagi yog‘och tayanchlar o‘rniga 14 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi (21 mln so‘m);
  • Samarqand, Said ota, Chortoq, Do‘stlik, G‘alaba mahallalari hududlarini elektr energiya ta'minotini yaxshilash maqsadida Do‘stlik mahallasi hududiga 0,12km 35kV kuchlanishdagi havo tarmog‘i qurish orqali yangi 35/6kV kuchlanishdagi 4000kVA quvvatli podstansiya qurildi (2,5 mlrd so‘m).

Bugungi kunda 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Shuningdek, Yangiyo‘l tumani hududida 48 000 elektr energiyasi iste'molchisi mavjud bo‘lib, ularning elektr energiyasi hisoblagichlarini ASKUE tizimli hisoblagichlarga almashtirish hozirgi kunda 7182tani tashkil etmoqda.

Tezkor ma'lumotga ko‘ra sarflangan mablag‘lar:

-        11ta transformatorlarni o‘rnatish uchun – 585 mln so‘m;

-        11,55 km havo va kabel tarmoqlari rekonstruksiyasi uchun – 846,4 mln so‘m;

-        35/6kV 4000kVA quvvatli transformator podstansiyasi qurilishi uchun – 2,5 mlrd so‘m;

-        25,2 km havo tarmoqlarini mukammal ta'mirlash uchun 65,52 mln so‘m;

-        21,0 km joriy ta'mirlash uchun – 14,7 mln so‘m;

-        8 dona mukammal ta'mirlangan transformatorlar uchun 20,8mln so‘m bo‘lib, jami sarflangan mablag‘lar – 4,033 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Yangiyo‘l tumani Axborot xizmati

Mavzuga oid