Prezident Şavkat Mirziyoyev 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatida bölib qaytdi. Taşrif yakuni böyiça Urganç şahrida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda prezident viloyatdagi avtomobil yöllari holatini tanqid qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Xorazmda içki yöllar yöq desak adolatdan böladi. Yangiariqdan keldim, u yöl yöl emas. Içki yöllarni sifatli ta'mirlaş kerak. Şunday qilinglarki, kelgusi yilda har bir mahalla Xorazmda içki yöllar böyiça özgariş bölyapti, desin», – dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni östirişda soliq va bank sohalarining örni haqida ham gapirib ötdi.
«Xorazmda iqtisod kompleksida 5 mingga yaqin odam bor. Endi tumanning 3–4ta banklarining 30–40 nafarlab xodimlari, soliqçilar kabinetni qöriqlab ötirmaydi. Mahallalarga borib, aholi bilan bevosita işlaydi. Odamlardan söraydi, muammosini hal qiladi.
Bank – islohotning qoni. Soliqçi ham tuşunişi kerak, islohot bölsa, soliq tuşumi oşadi. Şu tizimni yölga qöysak, natija böladi», – ta'kidladi prezident.

Davlat rahbari qişloq xöjaligi sohasiga ham töxtaldi.
«Men 80 foiz tumanlar hokimlari bilan suhbatlaşdim. Olgan javoblarim qoniqarli emas. Har bitta tuman hokimi muovini, sektor rahbarlari elim uçun xizmat qilaman desa, Xorazmda hammasi yaxşi böladi.
Hozir paxtani 75–80 foiz qayta işlayapmiz. Klaster qilib işlatilsa, natija butunlay boşqa bölyapti, ip kalava emas, tayyor mahsulot tayyorlanyapti.
[...] Nima uçun Xorazmda meva-sabzavot kam, çunki suvdan foydalaniş siyosati yöq? Eski tizim bilan işlab bölmaydi. Dunyo böyiça 2021 yilda oziq-ovqat muammosi bölişi mumkinligi aytilyapti. Biz bunga tayyormizmi?
Masalan, Namanganda adolatli tizim yölga qöyildi, tadbirkorlarga şaroit qilib berildi. Farğona bilan Namanganni tenglaştirib bölmaydi, Farğonada katta-katta korxonalar bor. Xorazm Namangandan ham ança orqada. Namanganga borib, körib kelinglar, qança işlar qilingan. Hokimga köp narsa boğliq, izlaniş kerak. Namanganda Bozorov hokim vaqtida 10 foiz qişloq xöjaligi bilan şuğullangan, Xorazmda hokimlar 90 foiz şuğullanyapti, lekin foyda yöq.


















