Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
Oqibatda tenderda boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining ishtirok etishi cheklangan.
Foto: Kun.uz
Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosini o‘tkazishda qonunbuzilishi holati aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada «7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi» obektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II toifa qilib belgilangan. Vaholanki, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, 9 qavatgacha bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari III toifa sifatida «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim edi.
Urganch davlat universiteti tomonidan obektni II toifa qilib belgilash oqibatida tenderda boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining ishtirok etishi cheklangan.
Ta’kidlanishicha, Urganch davlat universitetiga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga ma’lumotlar yuborilgan. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
13:26 / 17.12.2025
DXSh qonunchiligida tender va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar tartibi o‘zgaradi
15:34 / 11.12.2025
Xorazmda “O‘zbekiston–Pokiston sanoat zonasi” tashkil etiladi
21:23 / 10.12.2025