Kun.uz'ga xorazmlik tadbirkor Ruslan Qalandarovning şolisini tortib olişga uriniş jarayoni aks etgan video kelib tuşdi. U bir neça kun oldin bizga intervyu bergandi. Xorazm va Qoraqalpoğistondan keladigan bunday xabarlarni tahlil qilsak, u yerlarda şolikorlarning şolisini tortib oliş odatiy holga aylangan. Bu hududlarda “mafiya qoidalari” işlaydimi?

Tadbirkorning bizga aytişiça, 14 oktyabr kuni unga tegişli bölgan dala boşiga Urganç tumani agroinspeksiya boşliği Muzaffat Tajiyev, Xorazm viloyati IIB kriminalistika bölimi boşliği Sanjar Nurjanov, hudud profilaktika inspektori Mahmud Yusupov – bir neça maşina bölib “tekşiruvçilar” kelişgan, şoli örimi jarayonini töxtatişgan va tadbirkor klaster bilan şartnoma tuzmasa, şolini örib olişga imkon berilmasligini aytişgan.

Qalandarovning sözlariga köra, “klaster rahbari” ham öşa yerda hozir-u nozir bölgan: u bilan tadbirkor örtasida joyida şartnoma tuzdiriş uçun. Tadbirkor undan kimligini söraganda, “fermer xöjaligiman” deb javob bergan.

“Hududimizdagi kombaynçilardan “Kiva-Group'ning şolisini örmayman” degan mazmunda tilxat olişibdi”, deydi u.

Tadbirkor Ruslan Qalandarov – öz haq-huquqi uçun kuraşib kelayotgan, çet elda tajriba orttirib, ona yuriga qaytib kelgan tadbirkor-dehqon, eksportbop mahsulot işlab çiqarişni yölga qöygan investor.

Ruslanga qarab, öta xavotirli xulosalar çiqaraman: agar u kabi – öqimişli, tajribali, haq-huquqini taniydigan tadbirkorki öz mahsulotini mahalliy reyderlardan himoya qilişi şu darajada qiyin bölayotgan bölsa, hududda faoliyat yuritayotgan boşqa dehqon va tadbirkorlarning ahvoli neçuk?! Barça tafsilotlar şuni aytib turibdiki, boşqalarning hosillari bemalol tortib olinayotgan bölişi mumkin.