Urganç tumanida deyarli hosilga kirib, endi daromad keltirişni boşlaşi kerak bölgan intensiv boğ buzib taşlandi. Kun.uz’ga murojaat qilgan dehqon uni tuman hokimi aldaganini aytmoqda.

Dehqon Rustam Ahmedovga köra, u 2022 yil boşida tumandagi biror böş turgan ekin yerini olib, boğ yaratmoqçi bölgan. Ammo ötkazilgan auksionlarda “öyinlar” bölgani bois ğolib bölolmagan.

“Şundan söng Urganç tumani hokimi Frunze Şaripovga murojaat qildim. Hokim fermer xöjaliklaridan biriga tegişli bölgan 8,2 gektar yer maydonini menga taklif qildi. Uşbu yer maydoni öşa paytda viloyat hokimining topşiriğiga binoan boğ barpo etilişi uçun zaxiraga ötkazilişi közda tutilgan ekan. Menga oğzaki ravişda boğni yarataveriş, vaqti kelganida yer nomimga ötişi aytildi.
Şarti şuki, köçatlarni hokim aytgan firmadan olişim kerak edi. Men köndim. Turkiyadan keltirilgan köçatlarni ötqazdik, parvariş qildik. Mana endi boğ mevaga kirgan bir paytda uni buzib taşlaşdi”, deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan dehqon.

Rustam Ahmedovning qöşimça qilişiça, u örik nihollarining har bir donasini 4 AQŞ dollaridan sotib olgan. Endi esa u boğni yaratiş uçun sarf qilgan 200 mln söm mablaği qoplab berilmayapti.
Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida Urganç tumani hokimligi vakili bilan boğlandi. Uning ma’lum qilişiça, mazkur yer qarovsiz qolganligi sababli özga bir dehqonga berilgan.

Kun.uz yoritib kelayotgan Xorazm vohasida yuz berayotgan bu kabi hodisalar tegişli idoralarning e’tiboridan çetda qolmoqda. Jumladan, oldinroq Xorazmda tadbirkorning şolisini tortib olişga uriniş holati bölgandi. Undan avvalroq esa Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanida dehqonning pişay deb turgan 14 gektar şoli dalasi buzib









