12:25 / 02.08.2022
44891

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan OTMlar ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

Davlat test markazi 2022-2023 o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan): kunduzgi ta’lim shakli — 585 669 nafar; sirtqi ta’lim shakli — 528 839 nafar; kechki ta’lim shakli — 25 369 nafar; masofaviy ta’lim shakli — 6 867 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar;
  • Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar;
  • Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar;
  • Samarqand viloyati — 125 717 nafar;
  • Toshkent viloyati — 107 923 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 104 201 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.
Top