Özbekistonda oliy ta’lim tizimi doimiy tanqid ostida. Prezident ham yoşlar bilan uçraşuvida OTM mehnat bozoridagi talabni hisobga olmasdan kadrlar tayyorlayotganidan norozi böldi. Kun.uz bilan suhbatlaşganlar fikriça, universitetlar formani talab qilişdan köra, davlat iqtisodiyotiga qiymat qöşiş, rektorlar esa işlab çiqariş bozori bilan hamkorlikni öylaşi kerak.

Ta’lim sifati reytingi böyiça Özbekiston 100-örinda va bu körsatkiç bilan davlat qator Afrika mamlakatlaridan ham orqada qolmoqda. Vaholanki, respublika ijtimoiy sohaga budjetdan eng köp mablağ ajratadi va 2026 yilda birgina ta’limning öziga 92,2 trln söm berilişi ma’lum qilingan. 

Özbekiston prezidenti 24 fevral kuni yoşlar bilan muloqoti çoğida ham ta’lim tizimi, xususan rektorlarning faoliyatidan jiddiy norozi böldi. Ayniqsa, işlab çiqariş hamda mehnat bozori bilan kelişmasdan turib, kadrlar tayyorlaş davom etayotganini davlat rahbari tanqid qildi. 

Kun.uz bilan suhbatlaşgan ta’lim masalalari böyiça ekspert Azamat Akbarov fikriça, rektorlarning “oyoği yerdan uzilgan” va bugungi aksariyat universitetlar davlatdan mablağ olib yaşaydi, boqimandalik hissiga töyingan. 

“Universitetlar aslida davlatning YaIMga qiymat qöşişi kerak, ular budjetdan maoş olib ötiradigan kadrlar emas, innovatsiya qiluvçi şaxslarni yetiştirib, bu orqali umumiy iqtisodiyotimizga foyda keltirişi lozim”, deydi Akbarov. 

Suhbatda yaqinda ÖzJOKU talabasi bilan sodir bölgan forma masalasidagi holat ham muhokama qilib ötildi. ÖzJOKU öquv işlari böyiça prorektori Ravşan Rayimjonovning aytişiça, universitet talabalardan töliq galstukni talab etmaydi, biroq kelajakdagi kadrlar madaniyatini hozirdan ta’minlaş maqsadida çiroyli kiyinişni talab etadi. 

“Bular ertaga prezidentlar, vazirlar va davlat xodimlari bilan körişadi. Hozirdanoq bunga tayyor bölib borişlari kerak emasmi?”, - deydi prorektor. 

Azamat Akbarovning qöşimça qilişiça, dunyoda sun’iy intellekt, robototexnika bilan şuğullanayotgan davlatlar har kuni innovatsiya qilayotgan bir onda formani ta’lim standartiga aylantiriş – kommunistik davrdan qolgan strategiyadan boşqa narsa emas.