Jahon | 17:14 / 23.11.2015
1823
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada giyohvand moddalar savdosiga qarshi amaliyot vaqtida 70dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Ispaniya politsiyasi 23 noyabr kuni giyohvand moddalar sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoyatlarni qo‘lga olish tadbirlarini o‘tkazdi. Europa Press agentligi xabariga ko‘ra, ushbu maxsus amaliyotlar davomida 70dan ortiq jinoyatchi hibs qilingan.

Ma'lum qilinishicha, bunday amaliyotlar Ispaniyaning Kataloniya viloyatidagi 15ta munitsipalitetida o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, 2014 yildan buyon jinoyatchilarni kuzatuv ishlari olib borilgan. Bu hududdagi jinoyatchilar asosan geroin va kokain savdosi bilan shug‘ullanishadi.