O‘zbekistonda odamni yuzidan tanib oluvchi kamerali sun’iy intellekt tizimi ishga tushiriladi
Senat raisi Tanzila Norboyeva ichki ishlar organlari xodimlariga yuzni tanib olish va barmoq izini aniqlash dasturiga ega planshetlar berilayotganini qo‘llab-quvvatladi. “Ushbu tizim jinoyatchi, qochoq, bedarak yo‘qolgan shaxslarni topishda qo‘l kelishi butun dunyoda isbotini topgan”, dedi u.
28 fevral kuni Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva odamlarni tanib oluvchi texnologiyaning joriy etilishi haqida fikr bildirdi.
“Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda bunday texnologiyalardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, ko‘pchilik ichidan odamlarni tanib oluvchi maxsus kameralar bilan jihozlangan avtobuslar olib kelinmoqda. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlariga yuzni tanib olish va barmoq izini aniqlash dasturiga ega bo‘lgan planshetlar berilmoqda.
Haqiqatan, ushbu tizim jinoyatchi, qochoq, bedarak yo‘qolgan shaxslarni topishda qo‘l kelishi butun dunyoda isbotini topgan. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi tomonidan biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilishni kuchaytirish loyihasi ishlab chiqilgan”, – deydi Tanzila Norboyeva.

Yig‘ilishda mazkur loyihani IIV Kiberxavfsizlik markazi bosh mutaxassisi Muhsinjon Sultonov taqdimot qildi. Uning aytishicha, tizim sun’iy intellekt asosida ishlaydi. U dastlab foto-video ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi va shaxs yuzini ajratib oladi. Ajratib olingan yuz tasvirini biometrik ma’lumotlar bazasidagi shaxslarning tasvirlari bilan taqqoslaydi. Tahlil natijalarini ma’lumotlar bazasiga qayd etadi.

Tizim ma’lumotlar bazasi quyidagilardan tashkil topadi:
- videokuzatuv kameralari tasvirlari;
- ijtimoiy tarmoqlardagi foto-videolavhalar;
- bodikameralardagi videotasvirlar;
- mobil telefonlardagi foto-videotasvirlar.
Biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish kompleks tizimi o‘z ichiga 7ta dasturni qamrab oladi:
- shaxs yuzini tanib olish.
- karantin qoidalarini nazorat qilish;
- ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilari;
- huquqbuzarliklarni aniqlash dasturi;
- soxta yuz tasvirini aniqlash;
- profayling tahlil;
- ijtimoiy muhandislik yordamida shaxsning psixologik portretini shakllantirish.
Muhsinjon Sultonovga ko‘ra, shaxsning psixologik portretini shakllantirish – o‘z joniga qasd qilish, turli jinoyatlar sodir etishga qo‘l urmoqchi bo‘lgan shaxslarni yuz ifodasidan ajratib olib, bunday holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Senat raisi vazirlik va idoralarning bu kabi takliflarini ko‘rib chiqishga doimo tayyorligini bildirib, bunday taqdimotlar vazirlik va idoralar faoliyatida ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ta’minlashda muhim qadamlardan biri bo‘lishini ta’kidladi.
“Jamoatchilik jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar qanday maqsadlarga ishlatilayotganligidan xabardor bo‘lishi va asosiysi, ularning natijalarini o‘z hayotida his qilishi lozim. Shuning uchun masalaga jiddiy yondashish talab etiladi.
Shunday ekan, komissiyaning barcha a’zolaridan qarorda hamda “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarga jiddiy va chuqur mas’uliyat bilan yondashishlarini, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda investitsiyalarni jalb qilishda yangi tashabbuslar ko‘rsatishlarini so‘raymiz”, – dedi Senat raisi majlis so‘ngida.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WSJ: Maslahatchilar Trampni Rossiyaga yondashuvni kuchaytirishga chaqirmoqda
Jahon | 13:50
-
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
-
Xitoyda O‘zbekiston madaniy hordiq bo‘yicha eng yaxshi yo‘nalish sifatida e’tirof etildi
O‘zbekiston | 13:40
-
Oltin quymalar narxi yangi tarixiy maksimumni qayd etdi – 1 grammlik quymalar 1,4 mln so‘m
O‘zbekiston | 13:31
Mavzuga oid

21:36 / 15.04.2025
SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

01:09 / 14.04.2025
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi

21:35 / 11.04.2025