Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Vengriyaga tashrifi doirasida prezident Tamash Shuyok va Milliy Assambleya raisi Laslo Kyover bilan uchrashdi. Oliy Majlisi Senati va Vengriya Milliy Assambleyasi o‘rtasida muhim hujjat – Anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslangan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Foto: Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Vengriya poytaxti Budapesht shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Vengriya prezidenti Tamash Shuyok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi tarixiy, an’naviy, madaniy qadriyatlarning mushtarakligi davlatlaro aloqlarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo hamda mamlakat ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Muloqot chog‘ida 2026 yil O‘zbekiston va Vengriya orasidagi madaniyat, fan va innovatsiyalar yili deb e’lon qilingani ham qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Vengriya Milliy Assambleyasi raisi Laslo Kyover bilan uchrashdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi barqaror o‘sayotgani, qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi izchil kengayayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. O‘zbekistondagi islohotlar, parlament nazoratining kuchaytirilishi va qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlar do‘stlik guruhlari faoliyatini jonlantirish, parlament apparati xodimlari uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir muhim hujjat imzolandi.
Shu bilan birga Oliy Majlisi Senati va Vengriya Milliy Assambleyasi o‘rtasida muhim hujjat – Anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslangan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Hujjatga muvofiq ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik institutsional jihatdan mustahkamlanadi. Shu bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarni izchil va samarali rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Xususan, konstitutsiyaviy islohotlar va qonun ijodkorligi jarayoni bo‘yicha tajriba almashish, parlament va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni takomillashtirish, parlament qo‘mitalari o‘rtasida doimiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, do‘stlik guruhlari faoliyatini kengaytirish va parlament devonlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, parlament delegatsiyalarining tashriflari tenglik va o‘zaro manfaatlar tamoyillari asosida amalga oshirilishi qayd etildi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham nazarda tutilmoqda.
Anglashuv memorandumi O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga hamda ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida amaliy natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
13:34 / 20.11.2025
Toshkent va Budapesht 2026 yil uchun qo‘shma rejalarni kelishib oldi
18:41 / 15.11.2025
OAV: Bashar Asadning mahbuslarni qiynoqqa solgan generali Mossad agenti bo‘lgan
19:25 / 14.11.2025