Jahon | 18:37 / 16.12.2015
5897
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 2015 yilning eng mashhur avtomobili nomi aytildi

Moskva avtobozorida joriy yilning 11 oyi mobaynida eng ko‘p xarid qilingan mashina Hyundai Solaris bo‘ldi. “Avtostat” nashrining yozishicha, hisobot davrida mashinadan 13.5 ming dona sotilgan.

Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Kia Rio (8.8 ming dona), uchinchi o‘rinda Skoda Octavia (5.9 ming dona) turibdi. Yetakchilar beshligiga Volkswagen Polo (5.6 ming) va Toyota Camry (3.9 ming) yakun yasadi. O‘nlikka, shuningdek, Nissan X-Trail (3.8 ming), Skoda Rapid (3.8 ming), Kia Ceed (3.6 ming), Renault Duster (3.3 ming) va Ford Focus (3.2 ming) kirdi.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, mahalliy mashinalardan birortasi o‘nlikka kira olmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish