13:17 / 19.12.2015
50343

OAV: O‘zbekistonda pasport almashtirish muddati 2.5 yilga uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportga o‘tish muddati 2018 yilning 1 iyuliga qadar uzaytirildi. Bu haqda IIV xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga tayangan holda Gazeta.uz sayti xabar bermoqda.

OAV suhbatdoshining ma'lum qilishicha, yaqin kunda muddat uzaytirilishi rasman e'lon qilinadi.

“Joriy yil oxiriga qadar pasportini o‘zgartirishga ulgurmagan fuqarolardan hech qanday jarimalar undirilmaydi”, - deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda biometrik ma'lumotlarga ega pasportlarga o‘tish jarayoni 2011 yil 1 yanvaridan boshlangan bo‘lib, u 2015 yil oxirida yakunlanishi kutilayotgan edi. 2014 yil 1 iyulidan buyon O‘zbekiston fuqarolari chet elga chiqishi uchun ularda biometrik pasport bo‘lishi talab qilinadi.

Top