Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mel Gibson 60 yoshni qarshiladi
3 yanvar kuni avstraliyalik va amerikalik aktyor, “Oskar” mukofoti egasi Mel Gibsonning tug‘ilgan kuni. U 60 yoshga to‘ldi. U Avstraliyada 70 yillar oxirida suratga tusha boshladi. “Telba Maks” filmidagi roli orqali tanildi.
Gibson ushbu filmning navbatdagi qismlarida ham suratga tushdi. Undan so‘ng esa “Qirg‘inbarot qurollar” filmida politsiyachi Martin Riggs obrazida ekranlarda paydo bo‘ldi. bu roli orqali tomoshabinlarning hurmatiga sazovar bo‘ldi (shuningdek, besh marta People Choice's mukofotini ham qo‘lga kiritdi). Gibsonning faoliyatida “Sheryurak” filmi yorqin iz qoldirgan. Ushbu kartina o‘n yo‘nalish bo‘yicha “Oskar” mukofotiga qo‘yilgan va shulardan beshtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. “Sheryurak” filmidan so‘ng u “Ayollar nima istaydi” komediya filmida, “Vatanparvar” tarxiy kartinasida hamda “Biz askarlar edik” filmlarida suratga tushdi.
Shundan so‘ng Gibson rejyessyorlik ishi bilan shug‘ullandi. Injil kitobiga asoslanib, Iso payg‘ambarga bag‘ishlangan “Havoriylarning tuyg‘usi” hamda maya hindulari hayotiga bag‘ishlab “Qiyomat” filmlarini suratga oldi. So‘nggi yillarda Gibson hayotida mojarolar ko‘paydi. U «Machete o‘ldiradi» va «Qo‘lga tushmaslar»ning uchinchi qismida uncha katta bo‘lmagan rol ijro etdi. 2016 yilda aktyor yana katta kinoga qaytdi va Okinavadagi jangga bag‘ishlab «Vijdon tufayli» harbiy dramasida suratga tushdi.

1. “Sheryurak” 1995 yil

2. “Telba Maks” 1979 yil

3. Mel Gibson va Jodi Foster “Meverik” filmida 1994 yil

4. Mel Gibson va Denni Glover “Qirg‘inbarot qurollar” filmida 1987 yil

5. Juliya Roberts va Mel Gibson “Fitna nazariyasi” premerasida. Los-Anjyeles 1997 yil.

6. Mel Gibson “Sheryurak” filmi orqali qo‘lga kiritgan ikkita “oskar”i bilan (rejissura va eng yaxshi film yo‘nalishlari bo‘yicha). 1996 yil

7. “Gamlet” 1990 yil

8. Mel Gibson sobiq rafiqasi Robin Mur va farzandlari bilan.

9. “Vatanparvar” 2000 yil

10. Mel Gibson o‘zining sobiq sevgilisi Oksana Grigoreva bilan. 2010 yil

11. Arnold Shvartsenegger va Mel Gibson “Qo‘lga tushmaslar 3” filmi premerasi oldidan.

12. Mel Gibson o‘zining “Qiyomat” filmini Karlova Varda 2014 yilda o‘tgan xalqaro kinofestevalda taqdim etmoqda.