Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hojiakbar Haydarov: Dadamning qo‘shiqlarini hozircha kuylay olmayman
Marhum xonanda Nuriddin Haydarovning o‘g‘li, yosh san'atkor Hojiakbar Haydarov Darakchi.uz saytiga bergan intervyusida “E'tirof-2015” konsertida nega otasining qo‘shig‘ini kuylab berganini aytdi.
“Ota kasbini davom ettirish har bir farzandning burchi deb o‘ylayman, - dedi u. – Sahnada dadamning muxlislariga o‘zim aytmoqchi bo‘lgan gaplarni imkon qadar yetkazishga harakat qildim. Sahnaga chiqayotganimda dadangizning “Yur, muhabbat” qo‘shig‘ini kuylab bering, deya taklif qilganlari sababli ushbu qo‘shiqni kuyladim.
To‘g‘risi, dadamni shuncha xotirlab, ular o‘tgandan keyin ham ularni ehtirom qilgan barcha-barchadan minnatdorman. Mening qo‘shiqlarimni tinglab dadamni eslashsa, bu mening eng katta yutug‘im”.
“Dadamning ijodidagi qo‘shiqlarning hammasi menga yoqadi, - so‘zida davom etdi Haydarov. – Ammo ko‘plarini hozir kuylay olmayman. Sababi ularni kuylash uchun yetarli mahorat, vaqt, o‘z ustimda ishlashim kerak. Hozirgacha “Yur muhabbat”, “Yulduzim” kabi qo‘shiqlarini kuylaganimning sababi kutishga sabrim yetmaganidan”.