Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qilish qachon yo‘lga qo‘yiladi?
«O‘zbekistonda boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash» mavzusida bo‘lib o‘tgan anjumanda davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qilish tizimi qachon yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lumot berildi.
«Antikorrupsion iqlimni yaratishda davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiya qilish tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 2019 ─ 2020 yil uchun davlat dasturining loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda fuqarolarning muayyan toifasi daromadlarini deklaratsiya qilishga bosqichma-bosqich o‘tkazish haqida band kiritilgan. Yaqin kelajakda bu tizim to‘liq joriy etiladi», ─ deydi Bosh prokuratura vakili Jabalov.
Vakil deklaratsiya qilish tizimining kechikayotgani bilan bog‘liq holatga ham izoh berdi. Unga ko‘ra, amaldagi davlat dasturida ham «Davlat xizmatchilari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish kiritilgan. Buni amalga oshirish muayyan xarajatlarni talab etadi, shu bois bu tizimni joriy etishda kechikish kuzatilmoqda, u hozir muhokama bosqichida.
«Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, jamiyat alohida maqomga ega davlat xizmatchilarining qanday mulkka egaligini bilish huquqiga ega. IHTTning to‘rtinchi monitoring yakunlariga ko‘ra berilgan tavsiyalarda ham bu tizimni samarali yo‘lga qo‘yish, xususan, uni elektron tarzda joriy etish, shaxsiy ma'lumotlar aniqligi bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud», ─ deydi anjumanda ishtirok etgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakili Tatyana Xavanska.
Ma'lumot uchun, 2017 yilda e'lon qilingan «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasida davlat xizmatida lavozimni egallagan («kichik mutaxassis» toifasidan tashqari) davlat xizmatchilari har yili mulki, daromadlari va xarajatlari, shuningdek, o‘z oila a'zolarining mulki, daromadi va xarajatlari haqidagi deklaratsiyani taqdim etishlari lozimligi belgilangan.
Loyihaga ko‘ra, daromadlar, xarajatlar va mulk haqida to‘la bo‘lmagan yoki yolg‘on ma'lumotlarni taqdim etish yoxud umuman taqdim etmaslik davlat xizmatini to‘xtatish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
15:27 / 20.05.2026
Soliqchilarga to‘lanadigan ustamalar oshirildi
11:57 / 04.05.2026
O‘zbekistonliklarning quyosh elektr energiyasini sotishdan olgan daromadi 9 barobarga oshdi
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026