2026 yilning yanvar-mart oylarida aholi öz xonadonlarida örnatilgan quyoş panellari orqali işlab çiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotib, 73,9 mlrd sömdan ortiq daromad oldi, deya xabar beradi Soliq qömitasi.
Qayd etilişiça, 45,2 ming nafar jismoniy şaxs «Quyoşli xonadon» dasturi doirasida subsidiya imkoniyatidan foydalangan.

Hududlar kesimida eng katta subsidiya hajmi Buxoro viloyati hissasiga töğri kelgan — 16,5 mlrd söm. Keyingi örinlarda Xorazm viloyati (13,3 mlrd söm) va Qaşqadaryo viloyati (9,1 mlrd söm) qayd etilgan.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida 7,6 mlrd söm, Navoiy viloyatida 5,9 mlrd söm, Samarqand viloyatida esa 3,9 mlrd söm subsidiya tölangan.
Ma’lumot uçun, 2025 yilning dastlabki 3 oyida 12 ming 746 nafar fuqaro 8 mlrd 147 mln söm subsidiya olgandi. Bir yil içida subsidiya oluvçilar soni qariyb 3,5 barobarga, tölangan mablağ hajmi esa 9 barobarga oşdi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil 1 apreldan «Quyoşli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyoş panellarini örnatgan jismoniy şaxslarga quyoş paneli orqali işlab çiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uçun 1000 sömdan subsidiya ajratilişi belgilangan. Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasi «Keşbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoşli xonadon» bölimidagi «Kartaga pul ötkaziş» oynasi orqali bank kartasiga ötkazib oliş mumkin.








