Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lada XRay avtomobili narxi ma'lum qilindi
Rossiyaning “AvtoVAZ” avtokonserni rahbari yangi Lada XRay avtomobili narxlarini e'lon qildi. "Gazeta.ru" konsern prezidenti Bu Anderson bilan muloqot o‘tkazgan.
Prezidentning aytishicha, yangi modelning narxi 589 ming rublni tashkil etadi.
Lada XRay avtomobilini ishlab chiqarish 15 dekabrdan boshlandi.
Lada Xray – SUV uslubida ishlangan kompakt xetchbek bo‘lib, Lada’ning yangi Vesta’dan keyingi X-uslubida ishlangan ikkinchi modeli bo‘ldi. Avtomobil Renault — Nissan alyansi bilan hamkorlik doirasida yaratilgan. Uning tarkibida 500dan ortiq original detallar bor.
Classic asos versiyasida ikkita xavfsizlik yostiqchasi, ABS tizimi, kurs barqarorligi tizimi, “ERA-GLONASS” shoshilinch ogohlantiruv qurilmasi, audiotizim va 6 karnay (dinamik) hamda markaziy qulf o‘rnatiladi.
Avtomobil bir qancha optsiyalarga ega. Haydovchi o‘rindig‘ini yuqoriga-pastga rostlash, old oyna, o‘rindiqlar va tashqi ko‘zgularni isitish mumkin. Haydovchi yonidagi o‘rindiq ostida g‘aladon, yukxona polida olinadigan quti, ehtiyot g‘ildirak ichida organayzer singari yordamchi ashyolari bor.
Dastlab, 114 ot kuchiga ega 1,6 litrli agregat, fursati kelib navbatdagi rusumlarga 1,6 litrli (106 ot kuchi) va 1,8 litrli (123 ot kuchi) motorlar o‘rnatiladi.
Bundan oldinroq, ushbu avtomobilning narxi taxminan 575-595 ming rubl bo‘lishi, u 2016 yil fevraldan savdoga chiqarilishi aytilgandi.