Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulbahor Erqulova: Avaz Olimov va Ilhom Farmonov “Navo” kanalini sotib olishgan
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova Sayyod.com saytiga bergan intervyusida bir qator san'atkorlarning turli sabablarga ko‘ra tanqid ostiga oldi. Ayrimlar “sahnaga tayyor emaslik”da, ayrimlar noto‘g‘ri imijda ayblandi.
Muqaddam Erqulova Gulsanam Mamazoitovaning bir videoklipini tanqid ostiga olgan edi. Intervyuda bu mavzu davom ettirildi.
“O‘zingizning sahnadagi o‘rningizdan kelib chiqqaningizda, o‘zingizga har xil narsalarni ep ko‘rmaysiz, - dedi u. – Nufuzli sahnalarga chiqib, hammamiz uchun aziz bo‘lgan katta bayramlar borku, kerak bo‘lsa shu qo‘shiqlarni eshitganda yuragingiz titraydiku, O‘zbekiston haqidagi qo‘shiqlarni. Shunaqa qo‘shiqlarni aytishsayu, lekin to‘y uchun ekan deb hushtak cholsang, ovozingdan taniyman deb, O‘zbekiston xalq artisti bo‘lgan, statusga ega bo‘lgan odam... Mayli aytsin to‘ylarda, lekin shuni iltimos, to‘yda qolsin, shuni klip olib ommaga chiqarish kerakmi, deb yozdim”.
Uning fikricha, sahna va to‘y san'atini aralashib ketgani bois ko‘pgina san'atkorlar o‘z maqomini pastga tushirib qo‘ymoqda.
Erqulovaning ta'kidlashicha, sahnada yuksak saviyali ishlarga qo‘l urganlar shu maqomni saqlab qola olishi, “o‘sha yerdan turib yulduzni benarvon urishi” lozim, lekin aksariyat to‘y marosimlarida har qanday qo‘shiqlarni kuylab, obro‘sini yo‘qotmoqda, “podaga qo‘shilib ketmoqda”.
“Sahnaga ozgina ehtiyot bo‘lish kerak, - ta'kidladi u. – Davlatning konsertlarini ko‘rsangiz, to‘ydagi qo‘shiqlarni ko‘rmaysiz, sal reja bor. Oxirgi konsertda Farhod bilan Shirin Konstitutsiyada chiqqanida yarashmas ekanda hali sahnaga, hali pishmabdida. Farhod-Shirin ekanman, nomim chiroyli bo‘ldi, falonchi saroyda konsert qo‘ydik, davlat konsertida chiqsak bo‘laverar ekan desa, o‘zining o‘rni emas ekanda”.
“Bizning paytimizda to‘yga borsak, ishdan haydardi, - so‘zida davom etdi artist. – Hozir hamma to‘yda. Ishlaydigan odam yo‘q, hamma to‘yda”.
Erqulova nomi keltirilmagan san'atkorni “katta opamiz” sifatida tilga oldi:
“Bir opamiz bor, katta. Kechasi bilan to‘yga boradilar, keyin uxlaydilar. “Bugun nechta joyga boramiz? Anuni aytib qo‘ydingmi?”. Lekin ular ham xizmat ko‘rsatgan artist, ular ham san'atkor. Lekin ularning o‘rni shunaqa... Agar shuni o‘ziga loyiq ko‘radi. Men esa ravo ko‘rmayman. Ertaga hech qanaqa mablag‘im ham qolmasin, hech kim ham bo‘lmay, lekin o‘zimning holatimda qolishni xohlayman”.
Gulbahor Erqulovaning tanqididan Avazbek Olimov, Ilhom Farmonov, Abdurashid Yo‘ldoshev ham chetda qolmadi.
“Ishonasizmi? Avaz Olimov bilan Ilhom Farmonov kecha “Navo” kanalini sotib olgan, - dedi u. – Besh marta chiqdi! Besh xil ashula bilan. O‘zim ko‘rdim, ishonavering... Oxiri qahramonlarimiz chiqib, aka chiqib aytdilar, opa chiqdilar... keyin bitta bir kulib turadigan portretniy ashulachimiz bor, shu bilan keyin musiqiy dasturimiz tugadi. Keyin yana konsert boshlanib, yana shular chiqdi”.