Stipendiyani bekor qilib kontrakt narxlarini arzonlaştiriş kerakmi?
|13:22 / 29.07.2018125 61813 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Voqealar rivoji
Oliy ta'lim muassasalarida tölov-kontrakt narxlari oşirilgani ma'lum bölgaç, kontrakt summasini ozaytiriş evaziga stipendiyadan voz keçiş mavzusi atrofida juda köp va xöb muhokamalar böldi, hozir ham davom etmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Abduraşid Abduqodirov va Rasul Kuşerbayev oliy ta'lim muassasalarida öqiş uçun kontrakt tölovi miqdorini pasaytiriş böyiça takliflar bilan çiqiş qildi. Bunda deputatlar Özbekistonda tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt joriy etişni taklif qilişdi, ya'ni baland ball bilan kirganlar kamroq, past ball bilan kirganlar köproq kontrakt tölaydi.
Şundan söng, Oliy ta'lim vazirligi kontrakt narxlari oşganiga izoh berdi. Vazirlikning aytişiça, hozirda Özbekistonda bir talabani öqitişning örtaça xarajati 10,5 million söm, şundan 45—80 foiz (5,6 million — 7,5 million söm)i talabaning öziga stipendiya sifatida qaytarib beriladi.
Mazkur bayonot berilgandan söng, ijtimoiy tarmoqlarda juda köpçilik stipendiyani bekor qilib, kontrakt narxini pasaytirişni sörab fikrlar qoldira boşladi. Xususan, «Troll.uz» loyihasi muallifi Umid Ğofurov ham xuddi şu taklif bilan çiqdi va öz fikrini yetarliça asoslaşga ham harakat qildi.
Keyin voqealar rivoji yanada qiziqarli tus oldi. Vazirlik yana bir bor uşbu çaqiriqlarga javob qaytardi. Bu safar Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov «Gazeta.uz» naşriga bergan intervyusida stipendiya aslida talabaning ijtimoiy muhofazasi ekanligi, talabalarning 70 foizi stipendiyalarning bekor qilinişiga qarşi çiqişi, uşbu masala böyiça yakdil bir qaror qabul qiliş qiyinligi haqida fikr bildirdi.
Biroq vazir uşbu raqamlarni aynan qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan. Ya'ni 70% raqami qayerdan keldi, biror tadqiqot yoki sörovnoma ötkazilganmi? Ötkazilgan bölsa, qaçon va unda qança talaba qatnaşgan? Ular faqat kontraktda öqiydigan talabalarmidi yoxud davlat grantida öqiydiganlar ham ovoz berganmi, ular 100% qarşi çiqişi aniq. Hozirça bu savollarga javob yöq.
Sörovnoma ötkazildi
Mavzuga oid
Voqealar rivojini kuzata turib, menda şu mavzu böyiça sörovnoma ötkaziş fikri paydo böldi hamda Telegram kanalim orqali quyidagi sörovnomani
Sörovnomada jami 13 ming 288 nafar kişi ovoz berdi. Şundan 9401 nafari, ya'ni 70,7% iştirokçi stipendiyalarni bekor qilib, kontrakt narxini arzonlaştirişga rozi ekanligini bayon qilgan.
2524 nafar, ya'ni 19% ovoz beruvçilar bu fikrga qarşi ekanligini ma'lum qildi. Xulosa qilişga şoşmaslik kerak, deganlar 1363 nafar, ya'ni 10,3% ni taşkil etdi.
Natijalar nima uçundir vazir aytgan raqamning ğirt teskarisini tasdiqlamoqda.
Demak, köpçilik stipendiyani bekor qiliş evaziga kontrakt narxlarini keskin tuşiriş tarafdori. Bu fakt!
Mening fikrim
Şaxsan özim bu mavzu doirasida xulosa qilişga şoşmaslik tarafdoriman. Ya'ni stipendiyalarni butunlay bekor qiliş masalasini şoşmaşoşarlik bilan amalga oşirilişiga qarşiman. Barçasi jiddiy ilmiy va ijtimoiy izlanişlarni talab etadi. Şunçaki tavakkaliga «70% qarşi» yoki «70% ma'qullayapti» deyiş bilan iş bitmaydi. Ta'limdagi kordinal özgarişlar tor doiraning xohiş-irodasi yoxud ijtimoiy tarmoqda faol bölgan ozçilikning şov-şuvi bilan amalga oşmasligi kerak, degan fikrdaman.
Eng yaxşisi buni ixtiyoriy tanlov sifatida qoldiriş kerak, majburiy emas. Bu haqda quyida batafsil.
Ammo, lekin, biroq...
Hozirgi holatni ham şundayligiça qoldirib bölmaydi. Hali sentabr oyi boşlansin, kontrakt tölay olmayotgan talabalar oilasida şunaqangi köplab muammolar paydo böladiki, asti qöyaverasiz. Kim özini öqqa-çöqqa urgan, kim banklar eşigida möltiragan, kim oyoği kuygan tovuqday qarz sörab u eşikdan, bu eşikka yugurgan, kim uyidagi eng oxirgi bisotini, tilla taqinçoqlarini yoki yagona soğin sigirini çiqarib sotgan, kim farzandim öksimasin deb Rossiyaga yöl olgan, kim çiqmagan jondan umid, deya Prezident portaliga önlab arizalar yuborgan... Ehhe, gapirsa gap köp. Xöş, bularning oldini oliş uçun bizda qanday yeçimlar bor? Heç qanday!
Oliş deyarli imkonsiz bölgan ta'lim kreditlari va sanoqli talabalarga nasib etadigan Yoşlar ittifoqining kömagini aytmay qöya qoling. Bu urvoq ham bölmaydi.
Takliflar
Şularni hisobga olib, ayrim takliflarni ilgari surmoqçiman:
1-taklif: majburiy emas, ixtiyoriy tanlov.
Stipendiya olmaslik hisobiga kontrakt narxini kamaytirişni ixtiyoriy tanlov sifatida joriy qiliş kerak. Ya'ni köpçilik taklif qilganday stipendiyani hamma uçun butunlay bekor qilmasdan, talabalar va ularning ota-onalariga tanlov imkoniyatini qoldiriş lozim. Masalan, men kontraktni bemalol tölay olaman, şu sababli stipendiyani bekor qilişga ehtiyojim yöq. Lekin qöşnim kontrakt tölovi uçun birdaniga bir neça million topa olmayapti, ular uçun stipendiyadan voz keçiş ança foydali.
Agar vazir aytganiday, 70% talabalar stipendiyani bekor qilişga qarşi bölsa, demak ularning katta qismi bu taklifni qabul qilişmaydi. Faqat ozçilik talabalargina uşbu imkoniyatdan foydalanişga harakat qiladi, buning nimasi yomon? Ularga nima uçun imkoniyat bermasligimiz kerak? Va özi şu imkoniyatni joriy qilişimiz hamono, asl vaziyatni bilib olamiz, amalda qança inson qarşi, qançasi rozi ekanligini.
Keling, bunday tizimda talabalar qança miqdorda kontrakt tölaşini hisoblab köramiz.
Hozir eng arzon kontrakt bakalavr uçun 8 mln. 293 ming 500 söm, eng qimmat kontrakt esa 11 mln 58 ming söm.
Stipendiyalar esa quyidagiça: «5»lik – 621 ming 746 söm, «4»lik – 466 ming 309 söm, «3»lik – 310 ming 872 söm.
Agar talaba stipendiya olişdan voz keçib, faqat qoldiqni tölaş variantini tanlasa, unda 1 yillik kontrakt summasi stipendiya miqdoriga qarab, 832 ming sömdan 7 mln 327 ming sömgaça böladi.
Ota-onalar uçun qay darajada moliyaviy yengillik bölayotganini köryapsizmi? Kimga uşbu variant ma'qul kelsa, ularga bundan foydalaniş imkoniyatini beriş bugungi davr talabi ekanligini tan olişimiz kerak. Ayniqsa, bundan davlat budjeti yoki OTMlar moliyaviy zarar körmasligini hisobga olsak, öylab körişga arziydi.
2-taklif: bölib tölaşni joriy qiliş
Juda köp hollarda talabalarning kontrakt pullarini ota-onalar öz oylik iş haqlaridan ötkazişlarini yaxşi bilamiz. Bunda davlat tomonidan soliq imtiyozi ham berilgan. Ya'ni 26 yoşga tölmagan farzandining kontrakti uçun iş haqidan pul tölanganda öşa ötkazilgan qismi uçun daromad soliği olinmaydi.
Ammo bizdagi kontrakt tölaş tartibi şundayki, semestrning boşida jami summaning kamida yarmini birdaniga tölaşingiz şart. Bu iş haqidan tölaydigan ota-onalar uçun qiyinçilik tuğdiradi. Sababi hamma korxona va taşkilotlar ham xodimlariga avans tariqasida oyligini oldindan berişga rozi bölmaydi. Oyiga örtaça 1 mln söm iş haqi oladigan xodim farzandining 9 mln sömlik kontraktini birdaniga tölay olmasligi, lekin har oyda bölib-bölib iş haqidan bemalol ötkazişi mumkin.
Şu sababli farzandining yoki özining kontraktiga aynan iş haqidan ötkazmoqçi bölganlarga bölib-bölib tölaş imkoniyatini beriş kerak. Bunda OTM, taşkilot va xodim örtasida 3 tomonlama şartnoma tuziş kifoya.
Bunda hamma talabalar uçun bölib-bölib tölaş imkoni berilsin demoqçi emasman, bu keyinçalik köp muammolarni keltirib çiqarişi mumkin, OTMlarning moliyaviy ahvoliga putur yetkazişi ham heç gap emas. Lekin oldindan kafolatlangan tölov sifatida iş haqlari uçun imtiyoz berilsa, yomon bölmasdi.
3-taklif: ta'lim krediti uçun resurslarni kengaytiriş
Ta'lim krediti amalda barça uçun oçiq va şaffof bölganda edi, «Prezident portaliga murojaatdan söng, banklardan ta'lim krediti olişda amaliy yordam berildi» degan mazmundagi xabarlar OAVda bot-bot çiqmagan bölar edi. Bu qançalar qiyin jarayon ekanligini, bankga ta'lim krediti sörab borgan odam yaxşi biladi.
Ammo muammo faqat banklardami? Telegramdagi «Bank va mijoz» kanalida ayni şu mavzu yuzasidan quyidagi mulohazalar bildirib ötilgan:
«Tijorat banklari tomonidan beriladigan ta'lim kreditlari böyiça:
- çin yetimlarga, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
- talabalarning qolgan toifalariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalaş stavkasidan yuqori bölmagan özgaruvçi foiz stavkalari belgilanadi.
Ta'lim kreditlari, OTMlarda öqiş davri hisobga olingan holda, bakalavriatga öqişga qabul qilingan talabalarga 10 yilgaça, magistraturaga öqişga qabul qilingan talabalarga 5 yilgaça bölgan muddatga beriladi.
Biroq, bugungi kunda uşbu kreditlar banklarning öz resurslari hisobidan berilayotganligi hamda banklarda arzon va uzoq muddatli resurslarning mavjud emasligi oqibatida, talabalar uşbu kreditlarni yuqori foizlarda, qisqa muddatlarga olişga majbur bölişmoqda.
Agar talabalarning ta'lim olişlari uçun ham tijorat banklariga arzon resurslar ajratilsa, boşqa davlat dasturlariga ajratilganidek, bir qança muammolarga yeçim ham topilar edi».
Men ham uşbu fikrlarni qöllab-quvvatlayman. Ta'lim kreditlari uçun imkoniyat doirasida davlat tomonidan yaxşigina resurslar ajratilişi kerak, axir gap aholining ta'lim olişiga şaroit yaratiş haqida ketmoqdaku.
Bundan taşqari joriy yilda sirtqi va keçki ta'lim ham yölga qöyildi va abituriyentlarning katta qismi aynan uşbu ta'lim şakllariga hujjat topşirdi. Vaholanki, sirtqi va keçki ta'lim faqat tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi, demak ular uçun ham ta'lim krediti joriy qiliş masalasini öylab köriş kerak. Çunki hozirgi qonunçilik böyiça ta'lim krediti faqat OTMlarning kunduzgi bölimlariga qabul qilingan talabalarga beriladi xolos.
Aslida kontrakt yanada qimmat bölişi kerak
Maqolam sönggida köpçilikka yoqmasa ham, xolislik nuqtai nazaridan bir gapni aytib ketmasam bölmaydi. Aslida sifatli oliy ta'lim uçun hozirgi kontrakt narxlari bir munça arzon. Yanada qimmatroq bölişi kerak aslida. Tuşuntirişga harakat qilaman.
Bizda örtaça kontrakt puli 9 mln 436 ming söm. Şu summani 12 oyga emas, ana boring 9 oylik sof ta'lim davriga bölgan taqdirimizda ham har oyga 1 mln 48 ming sömdan töğri kelmoqda. Agar biz bundan örtaça stipendiya miqdorini (436 ming) ayirib taşlasak, oyiga 612 ming sömdan töğri kelmoqda. Bu sifatli oliy ta'lim oliş uçun bugungi kunda normal tölov emas. Agar konkret stipendiyalar miqdori böyiça olsak, bir oyda 92 ming sömdan 814 ming sömgaça kontrakt tölaşayotganining guvohi bölamiz.
Soliştirib köriş uçun yana bitta raqam aytaman. Masalan, yurtimizdagi yetakçi öquv markazlari 3 ta fandan tayyorlaş uçun taxminan 10 mln söm atrofida haq olişadi. Öqiş muddati – 10 oy. Demak, har oyga 3 ta fandan öqiş uçun 1 mln sömdan tölaşingizga töğri keladi.
Nima uçun abituriyentlarni öqitadigan öquv markazlarida oylik tölov 1 mln söm böladiyu, lekin oliy ta'lim va diplom beradigan universitetlarda eng maksimum qimmat kontrakt summasi ham bunça bölmasligi kerak? Bu qançalik mantiqqa töğri keladi?
Bu tölovlar hattoki bitta talaba uçun sarflanadigan xarajatlarni ham qoplamaydi. Bunday şaroitda OTM moddiy texnik bazasining mustahkamlanişi, öqituvçilarning oyligini yetarli darajada oşiriş, ta'lim sifatini kötariş haqida qanday qilib öylaş mumkin? Yana öşa budjetga qaramlik orqasidanmi? Qaçongaça OTMlar budjetga qaram bölib yaşaydi? Ular özini-özi qoplaşi, ta'lim beriş orqali özi foyda qilişi, öz mablağlarini özi erkin işlata olişi kerak. Şunda talabga yaraşa taklif vujudga keladi, ta'lim sifati ham öz-özidan oşib boraveradi.
Şunga köra, xulosa qiliş mumkinki, kontrakt summasi aslida yanada balandroq bölişi kerak. Lekin buning uçun öz navbatida xalqning örtaça daromadi ham yuqori bölişi talab etiladi. Xullas, buyoği dilemma, oxiri yöq bahs...