Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident farmoni: Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tashkil etiladi
Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligining 2018 yil 1 sentabrdan Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi qabul qilindi:
Toshkent shahar va uning tarkibiga kiruvchi tumanlar (keyingi o‘rinlarda tumanlar deb yuritiladi) hokimliklari boshqaruv apparatlari negizida xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjyet doirasida tegishli hokim tomonidan tuzilmasi va shtatlari belgilanadigan va o‘zgartiriladigan Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tomonidan tegishli vazir bilan kelishilgan holda, ularning tuman bo‘linmalari rahbarlarini esa tegishli hududiy davlat boshqaruvi organi rahbari bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Toshkent shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari ishtirokidagi davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan hududiy idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar va boshqalar)ni ularning vazifa va funksiyalarini tegishli hududiy davlat boshqaruvi organlariga bergan holda keskin qisqartirish.
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026