Jahon | 20:05 / 20.11.2017
8782
2 daqiqa o‘qiladi

Makaodagi avtopoygada yirik to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Makaodagi avtopoygada katta avariya sodir bo‘ldi. Ushbu holat videoda qayd qilindi. 

Gran-pridagi to‘qnashuv trassaning eng tor joylaridan birida yuz bergan. Ilk uchta mashina bu joydan muammosiz o‘ta olgan, biroq to‘rtinchi bo‘lib ketayotgan Daniel Xunkadelya yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan. 5-mashina uning oldidan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan, biroq ortdan kelayotgan boshqa mashinalar birin-ketin bir-biriga urila boshlagan.

Trassani mashinalardan yuk ko‘tarish krani bilan tozalashga to‘g‘ri kelgan. Taxminan bir soatdan keyin 20 tadan 8 ta mashinagina poygani davom ettira olgan.

Xunkadelyaga urilgan poygachi Lourens Vantorning aytishicha, u burilish ortidagi mashinani sezmay qolgan. “Men dastlab uni ko‘rmadim. So‘ngra mashina harakatlanmayotganini ko‘rdim. Men mashinamni to‘xtatmoqchi bo‘ldim, biroq u to‘xtamadi. Shu sababli men hech narsa qilolmadim” deb aytgan poygachi.

O‘z navbatida voqea vaqtida beshinchi bo‘lib harakatlangan va yo‘lda turgan mashinani chetlab o‘ta olgan poygachi Rafaele Marchelloning aytishicha, bu vaziyatda uning omadi chopdi. “Tirik qolganim o‘zi baxtdir. Bu o‘ziga xos va vahimaga soluvchi trassadir”, deb aytgan poygachi.

Mavzuga oid