14:15 / 22.03.2016
2083

Bryusseldagi metroda portlash sodir bo‘ldi

22 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahri aeroportidagi portlashlardan keyin ko‘p vaqt o‘tmasdan shahar metrosida ham portlash amalga oshirilgan. Bu haqda RTBF xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, portlash metrosning "Shuman" bekatida sodir etilgan. Bu metro bekati yaqinida hukumat binolari hamda Yevropa Ittifoqi institutlarining binolari joylashgan

Portlash tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Hukumat metroning barcha bekatlarini yopishga buyruq bergan.

Bundan oldinroq, Bryusseldagi aeroportda 2ta portlash sodir bo‘ldi va 17 kishi halok bo‘ldi.

Top