Turkiya Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmlardan qoniqmadi
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining 2018 yil kuzida Saudiya Arabistonining Turkiyadagi bosh konsulligida o‘ldirilishi ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm Anqaraning umidlarini oqlamadi. Bu haqda Twitter’da Turkiya prezidentining kommunikatsiyalar departamenti rahbari Fahriddin Oltun yozgan.
“Saudiya Arabistoni sudi Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishi ishi bo‘yicha chiqargan yakuniy qaror Turkiya va xalqaro hamjamiyat umidlarini oqlamadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Oltun.
Uning ta'kidlashicha, Anqara Qoshiqchining murdasi bilan nima bo‘lgani, uning o‘limini kim istagani, qotillarda Turkiyada sheriklar bo‘lgani-yo‘qligini hanuzgacha bilmaydi. Bu esa Saudiya Arabistonidagi sud taftishlarining ishonchliligini shubha ostiga qo‘yadi.
Oltun shu sababli Saudiya Arabistoni hukumatini Turkiyada ushbu qotillik bo‘yicha olib borilayotgan tergov bilan hamkorlik qilishga chaqirgan.
Saudiya Arabistoni sudi 7 sentyabrda jurnalistning o‘ldirilishiga aloqador 8 ayblanuvchiga hukm chiqargan. Ulardan 5 nafari 20 yillik qamoq jazosi olgan, qolganlari esa 7 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
The Washington Post nashrining saudiyalik jurnalisti bo‘lgan Jamol Qoshiqchi rasmiy Ar-Riyodning tanqidchisi hisoblangan. U Istanbuldagi bosh konsullikka tashrif vaqtida yo‘qolib qolgan. Keyinroq Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist konsullikdagi mojaro vaqtida o‘ldirilganini tan olgan.
Mavzuga oid
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024