Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanişiga yordam körsatiş uçun xalqaro hamjamiyat undan sanksiyalarni olib taşlaşi kerakligini ma’lum qildi.
«Oldingi rejimga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni imkon qadar tezroq olib taşlanşi kerak», — deydi Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Şar’a bilan ötkazilgan matbuot anjumanida.
«Xalqaro hamjamiyat Suriya oyoqqa turişi va köçib ketgan insonlar ortga qaytişida yordam beriş uçun kuçlarini safarbar qilişlari kerak», — deya qöşimça qiladi Turkiya vaziri.
Fidan, şuningdek, Suriyadagi hozirgi vaziyatdan foydalanib, mamlakat hududida öz nazoratini örnatişga urinayotgan Isroilni qoradi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bir neça kun oldin Turkiya kurd guruhlarida körayotgan tahdidni bartaraf etiş uçun Anqara Suriya şimolidagi vaziyatga töğridan-töğri aralaşişi mumkinligini aytgandi. Uning sözlariga köra, Suriya bilan çegarada xavfsizlikni ta’minlaş Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) tomonidan yangi jangçilar yollanişining oldini olişga ham yordam beradi.
Avvalroq AQŞ Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Şar’ani hibsga olişda yordam körsatganlik uçun 10 million dollar miqdoridagi mukofot beriş taklifini qaytarib olgani ma’lum böldi. Öz navbatida Ahmad al-Şar’a BBC uçun intervyusida mamlakat uruşlar natijasida holdan toygani va endi öz qöşnilari yoki Ğarbga xavf tuğdirmasligini bildirdi.









