Turkiya şimoli-ğarbidagi Baliqesir viloyatida joylaşgan portlovçi moddalar işlab çiqariş zavodida yuz bergan portlaş oqibatida kamida 12 kişi halok böldi va tört kişi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Ali Yerlikayaga tayanib, Haberturk naşri xabar berdi.
Viloyat gubernatori Ismoil Ustaöğluning ma’lum qilişiça, hukumat sodir bölgan voqeani qöporuvçilik deb hisoblamayapti. Uning sözlariga köra, portlaş oqibatida zavod binosining bir qismi qulab tuşgan.
CNN Turk telekanali portlaşdan keyingi kadrlarni e’lon qildi.
BBC’ning yozişiça, zavod ovçilik va sport uçun möljallangan anjomlar, şuningdek, fuqarolik foydalanuvi uçun portlovçi moddalar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga 12 kişining ölimidan «çuqur qayğuda» ekanini yozib qoldirdi. Davlat rahbari halok bölganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.












