Saudiya Arabistonini rivojlantirişga qaratilgan ulkan Neom dasturi doirasida mamlakatning sahro manzarasi özgarib bormoqda. Eng diqqatga sazovor loyihalar qatoriga Epicon egizak osmonöpar binolari va The Line megaşahri kiradi. Sönggi ma’lumotlarga köra, ularni qurişda zamonaviy texnologiyalar va avtomatlaştirilgan robototexnikadan faol foydalaniladi.

New Atlas xabar berişiça, dasturning strategik investitsiya bölinmasi hisoblangan Neom investitsiya fondi (NIF) Yevropaning GMT Robotics kompaniyasiga katta miqdorda sarmoya kiritgan. GMT Robotics — robototexnika bozoridagi öyinçilardan biri. Kompaniya quriliş sohasini avtomatlaştiriş va robotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Közgusimon The Line şahri va boşqa Neom loyihalarini barpo etişda qanday robotlar işlatilişi hozirça noma’lum. Işlab çiqariş funksiyalari oşkor qilinmayapti, biroq asosiy e’tibor armatura işlab çiqarişga qaratilişi aniq. Bu mantiqan töğri, çunki hozirgi kunda jahon pölat yetkazib beriş hajmining qariyb 20 foizi Saudiya Arabistonidagi global quriliş loyihasiga sarflanmoqda.

“Sönggi 30 yil davomida armatura sanoatida turli usullarni sinab, pölat armatura işlab çiqariş jarayonini takomillaştiriş uçun robototexnika va avtomatlaştiriş tizimlarini keng kölamda joriy etiş darajasiga yetib kelganimizdan juda hayajondaman. Neom kompaniyasining quriliş jarayonini qayta körib çiqişga intilişlarini qöllab-quvvatlaymiz va bu sohada inqilob yaratişga hissa qöşadigan samarali hamkorlikni intiqlik bilan kutamiz”, — deb ta’kidlagan GMT Robotics kompaniyasi boş direktori Ulrih Dayhmann.

Mutaxassisning sözlariga köra, quriliş sohasida robototexnikani qöllaşning afzalliklari köp. Zamonaviy texnologiyalar yordamida samaradorlikni oşiriş, loyihalaş jarayonini optimallaştiriş, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiriş va xavfsizlik texnikasini yaxşilaş mumkin.

GMT Robotics’ga investitsiya kiritilgani haqidagi xabarlar Neom’ning beton işlab çiqarişga mablağ yönaltirgani va yirik beton zavodi qurilişi töğrisidagi ma’lumotdan söng e’lon qilindi. Bundan taşqari, Saudiya Arabistoni 2034 yilgi futbol böyiça jahon çempionatini ötkaziş huquqini qölga kiritgan. Şu sababli, keyingi ön yillikda mintaqadagi quriliş işlari yanada jadallaşişi kutilmoqda.