2022 yilda yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjeti tushumlaridagi ulushi qancha bo‘lishi ma'lum qilindi
2022 yilda eng yirik 10 ta soliq to‘lovchining davlat budjeti tushumlaridagi ulushi qariyb 37 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
2022 yil uchun Davlat budjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 23,8 foizi miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich 2021 yilda 170,9 trln so‘m yoki YaIMning 23,6 foizi miqdorida bo‘lishi belgilangandi. Kelayotgan yilda Davlat budjeti xarajatlari 214,8 trln so‘mni yoki YaIMga nisbatan 25,6 foizni (2021 yilda 190,8 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 26,4 foiz hisobida bo‘lishi kutilmoqda) tashkil etishi rejalashtirilgan.
Budjet daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchi korxonalar iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi va 2022 yilda ularning eng yiriklarining davlat budjeti tushumlaridagi ulushi quyidagicha:
- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK – 17,82 foiz;
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ – 9,4 foiz;
- «O‘ztransgaz» AJ – 1,89 foiz;
- «O‘zbekneftgaz» AJ – 1,7 foiz;
- «Uzbat» AJ – 1,5 foiz;
- «Hududgazta'minot» AJ – 1,26 foiz;
- «Uz-KorGasChemicalQK» MChJ – 0,78 foiz;
- «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ – 0,76 foiz;
- «Uzauto Motors» AJ – 0,73 foiz;
- «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ – 0,6 foiz.
Malumot uchun, 2021 yilning birinchi yarmida yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan soliqlar jami soliq tushumlarining 66,2 foizini tashkil etgan. Ularning soni esa 1124 taga yetgan.
Mavzuga oid
00:04 / 17.12.2022
Parlamentda 2023 yilgi davlat budjeti muhokamasi boshlandi
12:46 / 05.12.2022
Dabdaba: Senat 2 kunlik sammit mehmonlarini ovqatlantirishga 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan
20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
13:22 / 22.11.2022