Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi tomonidan «2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi hamda Budjetnoma körib çiqilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi xabar berdi.

Davlat budjetining muhokamasi qonunda belgilangan muddatdan keçikib boşlandi. 

Budjet kodeksining 97-moddasiga asosan Davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan keçiktirmay kiritilişi belgilangan edi.

Davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasi Qonunçilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 noyabriga qadar körib çiqilişi kerak edi.

Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti töğrisidagi qonun Senatga körib çiqiş uçun qabul qilingan kundan e’tiboran beş kun içida yuborilişi, Davlat budjeti töğrisidagi qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 dekabridan keçiktirmay ma’qullanişi lozim edi.

Davlat budjetining muhokamasi nega keçikib boşlanganiga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi izoh bermadi.