Senatning sammitga kelgan mehmonlarni ovqatlantirish xarajatlari smetasiga ko‘ra, 8 sentabr kungi tushlik va kechki ovqat uchun 608 mln 120 ming so‘m, 9 sentabr kungi kofe breyk va tushlik uchun 448 mln 500 ming so‘m, umumiy 1 mlrd 56 mln 620 ming so‘m mablag‘ sarflangan.








Senatning Binolardan foydalanish va xo‘jalik faoliyati boshqarmasi ovqatlantirishni tashkil etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma orqali “Sky Evens” MChJ bilan 1 056 620 000 so‘mlik shartnoma tuzgan.
Dabdabali dasturxondagi eng qimmat taom – har bir porsiyasi 550 ming so‘mdan tushgan go‘shtli assorti.
Qayd etish zarur, yaqinda jurnalist Aziza Qurbonova o‘zining Telegram-kanalida Uchtepa tumanidagi poliklinika shifokorlarining oyligi haqida rasm joylashtirgan.












