2021 yilning yarmida budjetga yiğilgan soliqlarning yarmidan köproğini “yirik soliq tölovçilar” röyxatiga kiruvçi yuridik şaxslar tölagan. Bu haqda Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Dildora Hoşimova AOKAda bölib ötgan brifingda ma'lum qildi. 

Uning sözlariga köra, 2021 yilning ikkinçi çorak davri yakuniga köra, Özbekistonda yirik soliq tölovçilar soni 1124 tani taşkil etmoqda. 2021 yilning birinçi yarmida  yirik soliq tölovçilar tomonidan tölangan soliqlar jami soliq tuşumlarining 66,2 foizini taşkil etgan.

Taqqoslaş uçun, 2019 yilda bu körsatkiç 63,4 foiz, 2020 yilda esa 65,3 foiz bölgan.

Ma'lumotlarga köra, 2021 yilning 6 oyida özbekistonliklar 61,4 trln söm soliq tölagan, şundan 66,2 foizi, ya'ni 40,6 trln sömi yirik soliq tölovçilar hissasiga töğri kelmoqda.

Yirik soliq tölovçilarning soliqlarni öz vaqtida tölaşini Davlat soliq qömitasi huzuridagi Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi nazorat qiladi. Bu organ 2018 yilda Prezident qaroriga muvofiq taşkil etilgan. 

Avvalroq joriy yilning yanvar-iyun oylarida davlat budjeti daromadlari 74,9 trln sömni taşkil etgani xabar qilingandi.

Bu miqdor ötgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trln sömga köproq degani. Deyarli barça soliq tuşumlarida ösiş kuzatilgan.