Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident qarori: O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishini nazorat qiluvchi tizim ishga tushiriladi
Foto: KUN.UZ
Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanalining yozishicha, qarorga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” amalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu loyiha “ATLAS International” (Germaniya) kompaniyalari bilan hamkorlikda 2018–2019 yillarda dastlab Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish uchun jami 300 mln yevro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi.
Avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima summasi quyidagicha taqsimlanadi:
• 20 foiz – Davlat byudjyetiga;
• 20 foiz – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy byudjyetga;
• 25 foiz – Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga;
• 10 foiz – Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko‘maklashish markazi hisobiga;
• 25 foiz – investitsiyaviy xarajatlarning hajmi qoplanguniga qadar Investor hisobiga. Investitsiyaviy xarajatlar to‘liq qoplanganidan so‘ng ushbu summa Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra loyihani amalga oshirish uchun Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga quyidagilar yuklandi:
• yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari va boshqa texnik vositalarni o‘z vaqtida o‘rnatish;
• uzoq vaqt davomida xizmat ko‘rsatuvchi chidamli yo‘l harakati chiziqlarini chizish;
• qurilish va montaj ishlarini lozim darajada amalga oshirish;
• mahalliy byudjyet hisobidan tashqi tarmoqlardan avtomatlashtirilgan tizimning obektlarigacha elektr uzatish liniyalari va telekommunikatsiya tarmoqlarini tortish.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025