Jamiyat | 07:21 / 07.05.2024
59892
1 daqiqa o‘qiladi

«Kamolon osh» markazi rahbari Sa’dulla Saidov vafot etdi

Sa’dulla Saidov shu kunlarda chet el safarida bo‘lgan. U xorijda hayotdan ko‘z yumgani aytilyapti. Marhumning jasadi yaqin vaqt ichida Toshkentga olib kelinadi.

Toshkent shahrida joylashgan “Kamolon osh” markazi asoschisi va rahbari Sa’dulla Saidov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Kun.uz’ga marhumning yaqinlari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sa’dulla Saidov shu kunlarda chet el safarida bo‘lgan. U Tailandda hayotdan ko‘z yumgani aytilyapti. Jasad yaqin vaqt ichida Toshkentga olib kelinadi.

Sa’dulla Saidov aslida bank sohasi mutaxassisi hisoblangan. U bir necha yil muqaddam “Kamolon osh” markazini ochgandi, markaz qisqa vaqt ichida poytaxtda katta shuhrat qozongan edi.

Kun.uz tadbirkorning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.