Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
Ziyoratchilar uchun belgilangan muhim muddat va cheklovlar haqida ma’lumot berildi. Umra ziyoratining to‘xtatilishi Haj mavsumi boshlanishi bilan bog‘liq. Shu tufayli, Umra vizasini rasmiylashtirish 2026 yil 19 mart kuni yakunlanadi.
Foto: Kun.uz
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi «Umra–2026» mavsumida ziyoratchilar uchun belgilangan muhim muddat va cheklovlar haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra markazi. Jumladan, Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyorati vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan Umra ziyoratini niyat qilganlar safar rejasini tuzishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
– Umra vizasini rasmiylashtirish 2026 yil 19 mart kuni yakunlanadi;
– Xorijlik ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga kirishi uchun so‘nggi muddat — 2026 yil 2 aprel;
– Barcha ziyoratchilarning Saudiya Arabistonidan chiqib ketishi uchun oxirgi muddat — 2026 yil 18 aprel.
Viza muddatini buzish va unda belgilangan muddatdan ortiqcha qolganlik uchun Saudiya qonunchiligida qat’iy choralar belgilangan.
Mavzuga oid
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11:41 / 29.03.2026