Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
Muloqot davomida Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini o‘tgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr munosabati bilan yana bir bor samimiy qutladilar.
Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.
Bunday xatti-harakatlarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni to‘liq bartaraf etish nafaqat bu yerdagi davlatlarning manfaatlariga, balki global barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi bunday sinovli kunlarda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni rahbariyati va birodar xalqi bilan birdam hamda yakdil ekanini qayd etib, Podshohlikning vazmin va oqilona siyosatini har tomonlama qo‘llashini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev hozirda ushbu mamlakatda Umra amallarini bajarayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak va yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar uchun podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd shahzodaga alohida minnatdorlik izhor etdi.
O‘z navbatida, Muhammad bin Salmon Ol Saud O‘zbekiston prezidenti tomonidan bildirilgan samimiy xayrixohlik va do‘stona qo‘llab-quvvatlovni yuksak qadrlashini ma’lum qildi. Ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun oliy darajadagi muloqotlarni va muvofiqlashtirilgan qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:57 / 23.04.2026
Prezidentga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berildi
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi
17:48 / 23.04.2026