O‘zbekiston | 07:27 / 30.07.2021
3443
1 daqiqa o‘qiladi

Qibray tumanida bir oilaning to‘rt nafar a'zosi va xonadonning yollanma ishchisi o‘ldirib ketildi

2021 yil 29 iyul kuni Qibray tumanida yashagan A.Ye., M.A., M.Ye., A.Ye. va ularning xonadonida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan K.Q.lar vaxshiylarcha o‘ldirilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma'lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.I. ismli fuqaroga nisbatan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. 

«Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid