Boş prokuratura huzuridagi departamentning Andijon şahar bölimi va “Özenergoinspeksiya” hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. “M-x.” MÇJ mas’ul va boşqalar özaro til biriktirgan. Ular “Islomobod” MFY, Toşkent köçasi joylaşgan toşni qayta işlaş sexida örnatilgan elektr hisoblaş uskunasining muhrlarini buzib, xotirasiga taşqi ta’sir ötkaziş orqali tijorat maqsadida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Xuddi şunday Andijon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda “Z.B.” MÇJ mas’ul şaxslari va boşqalar özaro til biriktirib, Andijon tumanidagi dori işlab çiqariş sexida örnatilgan elektr hisoblaş uskunasiga taşqi ta’sir ötkaziş orqali tijorat maqsadida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 745,3 mln söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi va “Özenergoinspeksiya” hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “M.B.” fermer xöjaligi rahbari X.X. va boşqalar Qarşi şahri, Nasaf köçasidagi işlab çiqariş sexida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga 5 dona peç va qozonlarni özboşimçalik bilan ulab, tijorat maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 761,6 mln söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Şu kabi, departamentning Yunusobod tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro I.T. Yangi Yunusobod köçasida umumiy ovqatlaniş şoxobçasini taşkil qilib, tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, jami 488,9 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












