Xorijiy davlatlarga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Boş prokuratura huzuridagi departamentning Oqdaryo tuman bölimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning işonçiga kirib, ularni Angliya davlatiga işga yuborişi evaziga 4500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, tadbir davomida 1,2 mln söm va 700 AQŞ dollarini qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv davomida fuqaro V.I. 47 nafar fuqaroni yuqoridagi kabi aldab, çet davlatlarga işga yuborişi evaziga jami 37 160 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro R.D. fuqaro A.F.ning işonçiga kirib, uni Koreya davlatiga yaşaş va işlaş uçun jönatişi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berişi evaziga firibgarlik yöli bilan 4 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












