Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga qachon barham beriladi? Energetika vazirligi vakili javob berdi
Foto: KUN.UZ
Bugun, 18 yanvar kuni Energetika vazirligi rahbariyati tomonidan “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirdan so‘ng Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev jurnalistlarning O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga barham berish borasidagi savoliga javob berdi.
“Bekorga aytmadimki, biz diversifikatsiya qilmasdan turib, energiya ishlab chiqarish taqchilligiga barham berolmaymiz. Sababi neft-gaz sohasiga investitsiyalar oxirgi 25 yilda deyarli ajratilmagan. Issiqlik elektr stansiyalarida quvvat mavjud, elektr energiyasini ishlab chiqarishga bemalol imkoniyatimiz bor, lekin yoqilg‘i taqchilligi bor. Gaz yo‘qligi tufayli elektr stansiyalari ishlamayapti. Bu ko‘proq elektr energetikaga emas, neft-gaz sohasiga bog‘liq. Demak, ular belgilangan miqdordagi tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha rejani bajarishsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha reja so‘zsiz bajariladi.
13 ming megavatt quvvatimiz bor. Shu kecha-kunduzda foydalanayotganimiz 10 ming [megavatt]. Yoqilg‘i bo‘lsa, qolganidan ham foydalanamiz”, - deya Sherzod Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:45 / 05.12.2025
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
21:10 / 29.11.2025
Aholidan soliq qarzini undirishda elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi
09:20 / 29.11.2025
O‘zbekistonda elektr energiyasini hisobga olishning yagona tartibi joriy etildi
19:48 / 24.11.2025