Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar 2 yilda 96,8 mlrd so‘mga 49ta kinoteatr quradilar
Foto: Depositphotos
Bu Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi «2018–2019 yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 372-son qarorida nazarda tutilgan.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan tegishli Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Unda respublika bo‘yicha 12 ta 2 qavatli, 25 ta 1 qavatli va 12 ta yozgi kinoteatrlar qurish nazarda tutilgan. Ularning loyihalari namunaviy bo‘ladi.
Kinoteatrlarni tashabbuskorlar – tadbirkorlik sub'yektlari quradilar, ularni «O‘zbekkino» MA, O‘zmilliybank (TIF MB), shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 1.06.2018 yilgacha belgilaydilar. Hokimliklar qurilish uchun ustun darajada madaniyat va istirohat bog‘lari hududidagi yerlarni ajratadilar. U yerda avtotransportni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish, tutashib ketgan hududni obodonlashtirish, elektr, gaz, suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash choralarini ta'minlashga ham to‘g‘ri keladi.
Vazifani amalga oshirishda biznesga quyidagi shartlarda beriladigan imtiyozli kreditlar yordamga keladi:
• kredit mablag‘lari miqdori – loyiha qiymatining 75%igacha;
• foiz stavka – qayta moliyalashtirish stavkasining ½ qismi (sharh e'lon qilingan paytda MB stavkasi – yillik 14%);
• kreditning umumiy muddati – 5 yilgacha;
• imtiyozli davr – 1 yilgacha.
Kinoteatrlar mamlakat hududida ommaviy namoyish qilish maqsadida kinoteatrlarga xorijiy va mahalliy kino mahsulotlarini onlayn yetkazib berishni ta'minlaydigan yagona kinoprokat elektron tarmog‘iga kiradi. Buning uchun «O‘zbekkino» MA tadbirkorlarga kinoteatrlarni jihozlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarning namunaviy parametrlarini taqdim etadi.
Hujjat 24.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025