Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi
Yoshlar terma jamoasi dastlabki turda Livan ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Foto: UFA
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasida Osiyo Kubogi boshlandi.
O‘zbekiston U23 terma jamoasi guruhning dastlabki o‘yinida Livan yoshlari bilan kuch sinashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromov hisobiga yozildi. Livanliklar tarkibida Leonardo Shahin dubl sohibi bo‘ldi.
Guruhning yana bir o‘yinida Janubiy Koreya va Eron o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qoldi – 0:0.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari navbatdagi o‘yinni 10 yanvar kuni Eronga qarshi o‘tkazadi.
U23 Osiyo Kubogida 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda ishtirok etmoqda. Guruhda 1- va 2- o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga chiqadi. Ushbu musobaqaning boshqalaridan farqli jihati shundaki, unda Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynalmaydi. Shu sababli, ko‘plab jamoalar asosiy tarkib bilan ishtirok etmayapti.
U23 Osiyo Kubogi 2013 yildan beri o‘tkazilmoqda. Unda Yaponiya yoshlari eng ko‘p – 2 marta g‘olib chiqqan, shu jumladan so‘nggi turnirda ham. Shuningdek, Iroq, O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni hisobida bittadan g‘alaba bor.
Mavzuga oid
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11:41 / 29.03.2026