Sport | 02:47 / 30.01.2017
7348
2 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Real» «Sosedad»ni yirik hisobda yengib, yaqin ta'qibchilari bilan oradagi farqni oshirdi

Ispaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Real» «Real Sosedad»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Mateo Kovachich madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Krishtianu Ronaldu hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. 74-daqiqaga kelib «Sosedad» o‘n kishi bo‘lib qoldi. Inego Martines ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Bundan esa madridliklar yana bir marta foydalanishdi va Alvaro Morata o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 46taga yetdi va jamoa «Barselona» va «Sevilya»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda ularni 4 ochkoga ortda qoldirib ketmoqda. «Real Sosedad» esa 35 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi.

Ispaniya La-ligasi, 20-tur

Real Madrid – Real Sosedad 3:0 (1:0).
Gollar:
Kovachich (38), Ronaldu (51), Morata (82).

Real Madrid: Navas, Varan, Nacho, Danilo, Ramos, Kovachich (Isko, 77), Kazemiro, Kroos, Vaskes (Asensio, 84), Ronaldu, Benzema (Morata, 66).
Real Sosedad: Ruli, Martines, Navas, Saldua, Surutusa, Rodriges, Kanales (Granero, 77), Ilyarramendi, Oyarsabal (Vela, 57), Xuanmi, Villian Joze (Priyeto, 57).
Ogohlantirishlar: Martines (6), Kroos (39), Rodriges (71), Vaskes (77).
Chetlatish: Inego Martines (74).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

 

Tayyorlagan:  Azamat Murodov

Mavzuga oid