Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, murojaatlardan norasmiy kur’yerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinayotgani va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilayotgani ma’lum bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklardan norasmiy kur’yerlik xizmatlarida ishlamaslik, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslik yoki mahsulotni albatta tekshirish so‘ralgan.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
17:47 / 22.11.2024
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024