2025 yilda 8 mingga yaqin odam migratsiya yönalişlarida halok bölgan yoki bedarak yöqolgan. Bu haqda BMT tizimiga kiruvçi Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) vakili Mariya Moyta ma’lum qildi.

«2025 yilda dunyo böylab 8 mingga yaqin migrant yaşaş uçun xavfsizroq joylarga yetib borişga yoki özi uçun yaxşiroq kelajakni ta’minlaşga urinib, halok böldi yoki bedarak yöqoldi», dedi Moyta BMT Jyeneva ofisida ötkazilgan brifingda.

Uning sözlariga köra, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi sönggi yillarda noqonuniy migrantlar uçun eng xavfli joylardan biriga aylanib, rekord darajadagi ölim holatlari, jumladan, yuzlab rohinja musulmonlari va afğonlarning ölimi qayd etilgan.

«Bu raqamlar fojialarning oldini olişda jamoaviy zaiflikni aks ettiradi», dedi u.

Moyta migratsiya yönalişlariga bosim kamaymayotganini, yöllarning özi esa doimiy ravişda özgarib borayotganini ta’kidladi.

2025-2026 yillarda global migratsiya nafaqat an’anaviy iqtisodiy omillar, balki qurolli mojarolar, iqlim özgarişi va işçi kuçiga bölgan keskin ehtiyojning keskin uyğunligi bilan belgilanadigan yangi davrga kirdi. Migratsiya köpinça erkin tanlov emas, balki omon qoliş uçun zaruratga aylanib bormoqda.

BMT vakili sözlariga köra, mojarolar, iqlim özgarişi, işçi kuçiga bölgan ehtiyoj va mamlakatlar tomonidan körilayotgan çoralar kabi omillar odamlarning harakatlaniş yönalişlarini özgartirmoqda.