Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 milliard so‘mlik sovrin jamg‘armasi: IQMath-2025 olimpiadasi g‘oliblarini nimalar kutmoqda?
O‘zbekistonda matematika fani bo‘yicha IQMath-2025 olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu nufuzli tanlov Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etilib, sovrin jamg‘armasi 2 milliard so‘mni tashkil etadi va eng iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Foto: IQMath-2025
IQMath-2025 musobaqasi natijalariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- Birinchi o‘rin – BYD elektromobili
- Ikkinchi o‘rin – Apple iPad Pro M4
- Uchinchi o‘rin – Apple iPhone 16 Pro Max
- Jamoaviy sovrin – 4+1 Angliyada yozgi maktab
Bu yilgi tanlov nafaqat yutuqlar, balki xalqaro miqyosdagi ta’lim imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Angliyaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoa yozgi maktabda ishtirok etadi.
IQMath-2025 tanlovida 10–11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari hamda 20 yoshdan oshmagan yoshlar qatnashishi mumkin.
Olimpiada ikki bosqichdan iborat:
Birinchi bosqich (1–10 aprel):
- iq-math.uz platformasi orqali onlayn test (30 ta savol, 60 daqiqa).
- Eng yuqori ball to‘plagan 500 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish, qatnashish va natijalarni aniqlash iq-math.uz ta’lim platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich (18–21 aprel):
- Respublika kesimida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti binosida offlayn shaklda o‘tkaziladi.
- (5 ta masala, 90 daqiqa)
- G‘oliblar yakuniy natijalarga ko‘ra aniqlanadi.
- G‘oliblar ro‘yxati "iq-math.uz" saytida va UDEA ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.
IQMath-2025 olimpiadasida qatnashish istagida bo‘lgan yoshlar 2025 yil 10 fevraldan 30 martgacha iq-math.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tmaganlar olimpiadada ishtirok eta olmaydi.
Olimpiada g‘oliblari uchun mukofot jamg‘armasi 2 milliard so‘mni tashkil etadi.
Olimpiada yakunlarida eng yuqori ball qo‘lga kiritgan maktab jamoasi Angliyada yozgi maktabga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.
Ikkinchi bosqich ishtirokchilari universitet talabasi bo‘lganda, 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida “UDEA stipendiyasi” bilan taqdirlanadi.
IQMath-2025 olimpiadasi tashkilotchilaridan biri bo‘lgan UDEA universiteti zamonaviy iqtisodiyot va texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetda biznes, moliya, IT va tilshunoslik yo‘nalishlarida bakalavriat hamda magistratura dasturlari mavjud.
2025 yil uchun UDEA 200 ta to‘liq grant ajratgan bo‘lib, talabalarga Koventri universiteti dasturlarida bepul tahsil olish va kafolatlangan ishga joylashish imkoniyati taqdim etiladi.
Matematika bo‘yicha IQMath-2025 olimpiadasi haqida batafsil ma’lumotni iq-math.uz sayti hamda UDEA rasmiy platformalari orqali olish mumkin.
📢 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo BePUL!
📌 Manbalar:
iq-math.uz | https://t.me/udeauz | https://t.me/Fan_olimpiadalari_M
Reklama huquqi asosida