Rossiyada huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya etildi
So‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.
Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining ma’muriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.
Shu munosabat bilan, Migratsiya agentligi Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslikni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
17:47 / 22.11.2024
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
20:54 / 19.11.2024