O‘zbekiston | 13:21 / 29.12.2022
11060
1 daqiqa o‘qiladi

2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi darsliklar tajriba asosida o‘qitiladi

Shavkat Mirziyoyevning pedagoglar bilan uchrashuvi davomida 1 yanvardan boshlab respublikaning 14 ta hududidagi maktablarga tajriba tarzida yangi avlod darsliklari joriy etilishi ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, davlat rahbari maktablarda fanlar va dars soatlari qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.

“Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb o‘rganishi kerak.

Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”.

Uchrashuv davomida so‘nggi 5 yilda xalq ta’limida amalga oshirilgan ishlar ham qayd etildi.

“So‘nggi 5 yilda mingta maktab qurdik, 7 mingta kompyuter sinflarini tashkil qildik.

Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag‘ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag‘. Lekin ta’lim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz”, – dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid