“Zakovat”ning yopilişiga oid gap-sözlar ançadan beri muhokama markazida. Bu borada yakuniy fikrga kelinmagan, rasman axborot berilmagan bölsa-da, bu dastur böyiça parda ortida ham jiddiy bahslar ketayotganini anglaş qiyin emas.

“Zakovat” intellektual teleöyini özining 20 yillik tarixida uçta telekanalda faoliyat yuritib kördi. Dastlab “Yoşlar”da oçilgan teledastur keyinçalik “Özbekiston” telekanaliga, oxiri nodavlat kanallar orasida reytingi yuqorilab borayotgan “Milliy”ga ötdi.

Körsatuvning dastlabki sonini köpçilik yaxşi eslaydi. Öşanda boşlovçi Abdurasul Abdullayev mazkur loyihaning yangilik emasligi, bu şaklda boşqa davlatlarda mavjudligi, endi esa Özbekistonda ham yölga qöyilayotgani töğrisida gapirgandi.

Çindan ham aynan şu şaklda juda köp davlatlarda bölgan bu dastur Özbekistonda ham juda tez ommalaşdi. Unda iştirok etişni, heç bölmasa jönatgan savoli yangraşini istaganlar juda köpayib ketdi. “Zakovat” uzoq vaqt praym-taymlarning eng qulay paytlarida efirga uzatildi.

Körsatuv efirga uzatiliş bilan birga “Zakovat” klubi ham yangidan yangi bilimdonlar hisobiga kengaya bordi. Homiylar paydo böldi, tuzukkina sovrinlar qöyildi, xorijdan nufuzli mehmonlar jalb qilindi. Bir söz bilan aytganda, ilm tarğibotida, tafakkurga undaşda, ayniqsa yoşlarni izlanişga örgatişda bu loyihaning örni katta böldi.

Ammo zamon, vaziyat özgardi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar ommalaşuvi aksariyat yoşlarni bu kabi mantiqiy fikrlaşga undovçi dasturlardan uzoqlaştirdi. Qatorlaştirib taşlangan xorij seriallari efirning “qaymoği”ni egalladi va telekanallarning asosiy daromad manbaiga aylandi.

Bu jarayonda “Zakovat” vaqti surila-surila oxiri dastur efirga çiqişdan butkul töxtadi. Albatta, teleklub öz faoliyatini davom ettirmoqda. Ammo endi tomoşabin intellektual ozuqa va zavqli tomoşadan bebahra qoldi.

“Zakovat”ning bugungi holatga tuşiş sabablari, kelgusi rejalariga oid savollar bilan dastur muallifi Abdurasul Abdullayevga murojaat qildik:

– Abdurasul aka, “Zakovat” “Milliy” telekanalida faqat reyting pasayganligi tufayli efirga uzatilmay qolgani qançalik asosli?

– Bu gaplar qisman töğri. Lekin şu bilan birga, buning obektiv sabablari ham bor. Özi MTRKdan “Milliy” telekanaliga ötişimiz böyiça muzokaralar 3 oyça davom etgan, bizga juda katta va'dalar berilgandi. Men nodavlat telekanalida ijod erkinligi kengroqligi, yaxşiroq takliflar bildirişgani uçun qabul qilgandim. Ammo bizni taklif qilganlar, kelişganlarning deyarli barçasi işdan böşab ketişdi. Bizga ajratilgan texnik imkoniyatlar qisqartirila boşlandi, “Zakovat”ning efirga uzatiliş vaqti juda keçiktirib yuborildi, hatto soat 23:00ga qöyilgan vaqtlar ham böldi. Namoyiş oyiga ikki martaga tuşirildi va qayta efirlar butunlay töxtatildi. Bu endi telekanalga boğliq jihatlari.

Özimizga boğliq tomonlariga kelsak, men ham 20 yil şu aravani tortdim, jismonan va ruhan çarçagan paytlarim böldi, öz ijodimga, yangi loyihalarga vaqt ajratdim. Uning ustiga soğligim ham pand berdi – yuragimni ma'lum vaqt davolatdim. Ayni paytda soppa-soğman va yangiça ğayrat bilan işlaşga tayyorman. Bu vaqt oraliğida butun faoliyatni şogirdlarga topşirgandim. Ular ham albatta qöllaridan kelganiça harakat qilişgan, ammo ayrim kamçiliklarga ham yöl qöyganlari tabiiy. Mana şu jihatlar birlaşib reytingga salbiy ta'sir qildi.

Endi uçinçi bir jihat borki, uni ham albatta tilga olişimiz lozim. Tomoşabin, ayniqsa yoşlar yengil-yelpi narsalarga tobora mukkasidan ketmoqdalar. Ular fikrlaşni unutib qöyyapti. Bu endi jiddiy masala.

– Mana şunday uziliş paytida boşqa telekanallardan taklif tuşmadimi?

– “Yoşlar” telekanalidan köplab takliflar bölgan hamişa. Aslida ğoyaviy jihatdan olganda bizning joyimiz şu kanalda. Lekin u tizimda faoliyat uçun çeklovlar ançagina köp, har qanday yangilik uçun juda köp joydan ruxsat olinişi kerak. Ya'ni, ijodiy erkinlik nodavlat telekanallardagidek emas.

– Dasturning kelgusi taqdiri böyiça nimalar deya olasiz?

– “Zakovat” töxtab qolişi böyiça juda köpçilik e'tiroz bildirgani, loyiha taqdiriga befarq bölmagan insonlar köpligi meni quvontiradi. Ana şunday yurtdoşlarimizning mulohazalari, özimizning sa'y-harakatlarimiz bilan dasturni yana jonlantiriş ustida iş olib boryapmiz. Bu nafaqat qayta tiklaş, balki butunlay yangitdan va öziga xos tarzda iş olib borişni anglatadi.

“Milliy” telekanali muassisi Komiljon Allamjonov bilan bu masala böyiça uçraşdik. U “Zakovat” efirdan olinganligidan bexabar bölganini, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganini, bilimga çanqoq yoşlar talabi albatta inobatga olinişi zarurligini bildirdi. Özi hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan “Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi” homiyligi ostida “Zakovat”ni qayta tiklaş, yanada boyitiş, sovrin uçun hatto avtomobil qöyiş taklifini aytdi. Biz bundan xursand böldik.

Komil Allamjonov davlat rahbari tomonidan yoşlarga alohida e'tibor berilayotgan bir paytda “Zakovat” kabi dasturlar yopilmasligi kerakligini bildirib, könglimizni kötardi. Endi yaxşiliklardan umid qilib turibmiz.

– “Zakovat” faoli Xuşnud Xudoyberdiyev öz sahifalarida dasturning yangiça formati ustida işlanayotgani haqida gapirgandi. Bu rejalar qaysi bosqiçda va umuman amalga oşadimi?

– Özi umuman alohida platforma yaratiş ğoyasi menda avvaldan bölgan, bu haqda MTRK rahbariyatiga ham bildirgandim. Maqsad aynan intellektual dasturlar uçun alohida telekanal oçiş bölgandi. Mayli, unda filmlar ham berilsin, multfilmlar va boşqa dasturlar ham örin olsin. Lekin asosiy ğoyasi intellektual loyihalarga asoslansin degan fikr bor edi. Afsuski bu amalga oşmadi.

Internet imkoniyatlari kengayayotgani, atrofimizda faol yoşlar köpayayotganidan foydalanib, ğoyani yangiça formatda yölga qöyiş fikri yana jonlandi. Bunda faqat “Zakovat” bölmaydi albatta, “Breyn ring”, “Svoya igra” kabi loyihalar adaptatsiya qilinadi, yangilari öylab topiladi. Ana şunday rejalarimiz ham bor.

“Zakovat”ni tomoşa qilib ulğayganlar orasida bugun katta muvaffaqiyatga erişgan insonlar juda köp. Çunki dastur öz vaqtida yoşlarni jalb qila olgandi va hozir ham ma'lum istiqbolga ega. Demak uning e'tibordan çetda qolişiga yöl qöyib bölmaydi. Umid qilamizki, vaziyat bu darajaga bormaydi va “Zakovat” yana tomoşabin qarşisida paydo böladi.

Sarlavhadagi savolga javob beriş vaqti keldi – “Zakovat” saqlanib qolsa, nafaqat bu uç tomon, balki butun Özbekiston yutadi.

Avvalroq, Komil Allamjonov “Milliy” telekanalida xorij seriallarini efirga uzatiş kamaytirilib, köproq milliy seriallarga e'tibor qaratilişini ma'lum qilgandi. Allamjonov seriallar tomoşabin ongiga ta'sir körsatuvçi kuçli vosita ekani, ammo Özbekistondagi köplab telekanallarda asosan xorij seriallari namoyiş etilayotganini ta'kidlagandi. Biroq, hozirgi kunda deyarli barça xususiy telekanallarda xorij, xususan, Turkiya seriallari asosiy efir vaqtini egallab turibdi.

Abror Zohidov suhbatlaşdi.